DXX xabariga köra, Samarqand şahrida yaşovçi şaxs özganing işonçiga kirib, 30 ming AQŞ dollari evaziga tanişlari orqali uni Amerika Qöşma Ştatlariga yuborişini aytib, oldindan 10 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.
Boşqa bir holatda esa Samarqand viloyatining Iştixon tumanida yaşovçi şaxs Jizzax viloyatining Döstlik tumanida istiqomat qiluvçi fuqaroning işonçiga qirib, tanişlari yordamida uni Qöşma Ştatlarga yuboriş evaziga 21 ming AQŞ dollari talab qiladi.
DXX Jizzax viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining hududiy boşqarmasi bilan hamkorlikda Ğallaorol tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda, u 10 ming AQŞ dollari va 100 mln söm olgan vaqtida uşlandi.
Toşkent şahrida qayd etilgan holatda, nufuzli universitetlardan birining talabasi yuqori taşkilotda işlovçi tanişlari orqali Jizzax viloyatining Mirzaçöl tumanida yaşovçi fuqaroni Amerikaga yuboriş evaziga 20 ming AQŞ dollari talab qilib, oldindan 3 ming AQŞ dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Boş prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan uşlandi.
Har uçala holatda fuqarolarga “Özbekiston – Turkiya – Yevropa – Meksika – AQŞ” yönalişida Qöşma Ştatlarga işlaş uçun yuboriş va’da qilingan.
Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

















