Fransiyada munozarali pensiya islohoti töğrisidagi qonunni qabul qiliş böyiça mojaro davomida muxolifat 17 mart, juma kuni hukumatga işonçsizlik töğrisidagi ikkita rezolyutsiyani kiritdi. Bitta rezolyutsiya mustaqil deputatlar guruhi va çetdagi hududlar vakillari (LIOT), ikkinçisi esa - öta öng «Milliy birlaşuv» partiyasi (RN) tomonidan taqdim etilgan. «Rezolyutsiya böyiça ovoz beriş inqirozdan çiqiş yölini oçadi», dedi LIOT rahbari Bertran Panşe.
Fransiya hukumati bir kun avval konstitutsiya moddasidan foydalanib, pensiya islohotini amalga oşirişga yöl oçdi. Unga köra, hukumatga işonçsizlik votumi berilişi ehtimoli yuzaga keladi. Milliy yiğilişdagi ovoz beriş jarayoni 20 mart, duşanba kuni bölib ötişi mumkin.
Agar deputatlarning köpçiligi işonçsizlik uçun ovoz bersa, u holda pensiya islohoti rad etiladi va hukumat iste’foga çiqişi kerak böladi. Şunda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron yangi boş vazirni tayinlaşi yoki yangi saylovlar ötkazişi mumkin. Mutaxassislar işonçsizlik votumi tarafdorlari köpçilik ovozga ega bölişiga şubha bilan qaramoqda, çunki konservativ respublikaçilar hukumatni qöllab-quvvatlaydi. Işonçsizlik votumi muvaffaqiyatsizlikka uçragan taqdirda, pensiya islohoti qat’iy qabul qilinadi.
Hukumatning parlamentda ovoz berişsiz pensiya islohotini amalga oşirişga urinişlari muxolifat noroziliklarini yanada kuçaytirdi. 17 mart kuni ertalab namoyişçilar Parij şahar avtobanini, Tuluza va Bordodagi vokzallarni vaqtinça tösib qöyişdi. Keçqurun Parij markazidagi Birdamlik maydonida katta norozilik mitingi bölib ötdi.
Bir neça yuzlab namoyişçilar politsiyaga şişa va pirotexnika buyumlari otişdi. Politsiya hududni tozalaş uçun közdan yoş oqizuvçi gaz işlatgan. 60 dan ortiq kişi qölga olingan. Lion, Strasburg va Lillda ham yangi namoyişlar bölib ötdi. Uşlanganlarning umumiy soni 310 kişiga yetdi.
CGT kasaba uyuşmasi Normandiyadagi neftni qayta işlaş zavodida iş taşlaş e’lon qildi. Namoyişçilar şu paytgaça faqat bunday zavodlarni tösib qöygan, biroq ular işlaşda davom etgan. Ayni paytda Parijda kommunal xizmatçilarning iş taşlaşi sababli çiqindilar töplanib qolgan. Şaharda kuçli badböy hid bor. Şahar hokimligining hisob-kitoblariga köra, yiğilmagan çiqindilar hajmi ön ming tonnaga yetgan.

















