Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligining xabar berişiça, vazir Hilola Umarova boşçiligidagi delegatsiya BAAning poytaxti Abu-Dabida bölib turibdi. Xizmat safari davomida vazirlik delegatsiyasi qator ta’lim taşkilotlari bilan özaro hamkorlik masalalarini muhokama qilayotgani ma’lum qilindi. Xususan, vazir BAA Ta’lim vaziri Doktor Ahmad Belhul Al Falasi bilan uçraşib:

  • 2 davlat ta’lim tizimlarini örganiş va hamkorlikda qöşma loyihalarni taşkil etiş;
  • Özbekistonda xorijiy til sifatida arab tili öqitiladigan maktablar uçun öquv-metodik majmualarni takomillaştiriş böyiça hamkorlik örnatiş;
  • pedagoglarning malakasini oşiriş, ular faoliyatini litsenziyalaş böyiça tajriba almaşiş;
  • maktab öquvçilarini kasbga yönaltiriş kabi masalalarni muhokama qilişgan.

Şuningdek, Hilola Umarova BAA Prezidenti Devonining ta’lim va tadqiqotlar böyiça kotibi örinbosari Doktor Abdulloh Muğrobiy bilan ham uçraşgan. Unda STeM fanlari hamda arab tilini öqitiş böyiça BAAdan mutaxassislarni jalb etiş böyiça masalalar muhokama qilinib, vazirlik kotibiyat örtasida özaro anglaşuv memorandumi imzolangan.

Söng Umarova va uning delegatsiyasi Alef Education taşkiloti boş ofisida bölib, Alef raqamli ta’lim platformasini Özbekistonda mahalliy şaroitga moslaştirilgan holda joriy etiş kabi masalalar haqida suhbatlaşilgan.

Ma’lumot uçun, Alef raqamli ta’lim platformasi quyidagi, ya’ni:

  • öquvçilar bilimini baholaş;
  • pedagoglar faoliyatini öquvçilar bilimiga asoslangan holda katta hajmdagi ma’lumotlar ( Big Data) va sun’iy intellekt yordamida baholab boriş;
  • öquvçilarning özlaştiriş körsatkiçlarini tizimdagi ma’lumotlar tahlili asosida prognozlaş;
  • arab tilini çet tili sifatida öqitiş hamda STeM yönalişidagi ta’limni onlayn platforma yordamida yölga qöyiş kabi imkoniyatlarga ega platforma hisoblanadi.

Bundan taşqari, safarda vazirlik dunyoda 181-örinda turuvçi Xalifa fan va texnologiyalar universiteti ijroçi vitse-prezidenti Doktor Ahmad al Şoibi bilan ham uçraşib, quyidagi yönalişlarda hamkorlik aloqalarini yölga qöyişga kelişib olişgan:

- hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib boriş;

- xalqaro ilmiy konferensiyalarni birgalikda taşkil etiş;