BMT prognozlariga köra 2050 yilga borib kasblarining 75 foizi STEM fanlariga aloqador bölişi kutilmoqda. Aynan mana şu tizim asosida ta’lim oliş orqali öquvçilar kelajak muammolariga yeçim topa oladigan, yangi kaşfiyotlar qila oladigan kadrlarga aylanişiga işonilmoqda.
STEM ta’lim tizimi nima özi?
“STEM” inglizça “Science, Technology, Engineering, Maths” sözlarining qisqartmasi. Özbekçasiga qisqaça qilib aytganda, STeM fanlari ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika fanlarini öz içiga oladi va bu fanlarni yaxlit tarzda öqitişni anglatadi.
STeM ta’limi maktabdan boşlanişi kerak. Bu ta’lim asosida öquvçi dunyoda yuz berayotgan muammolarga yeçim topişni örganadi. Ilm-fanni (Sience) yaxşi özlaştiriş öquvçiga özini örab turgan atrof-muhitni yaxşi anglaşga yordam beradi. Texnologiya fani insoniyat kelajagi bölgan raqamli dunyoga moslaşuvçan qiladi. Muhandislik (Engineering) bilan öquvçi muammolarni hal qiliş qobiliyatini şakllantiradi, örgangan bilimlarini yangi loyihalar yaratiş uçun qöllay oladi. Matematika esa ma’lumotlarni tahlil qiliş, xatolarni tuzatiş, töğri yeçimlar topiş uçun kerak. STEM mana şu 4 ta yönalişni bir tizimga soladi va jamiyatga innovatsiyalar yarata oladigan, muammolarga barqaror yeçimlar topa oladigan kadrlarni tayyorlab beradi.
Bu yönalişdagi öqitişda fanni yaxşi örganiş, muammoni hal qiliş va mantiqiy fikrlaşni özlaştirişga urğu beriladi. STEM öquvçilarga maktabda, işda va turli hobbilarda muvaffaqiyat qozoniş imkonini taqdim etadi.
Masalan, STEM'ni turli asboblardan iborat duradgor qutisi deb olsak, uni yaxşi özlaştirgan bola qutidan kerakli asboblarni özi tanlab olib, istagan narsasini yasay oladi. Ya’ni fanlarning hammasi kerakli, lekin bitta özi alohida emas, birgalikda foydali va kutilgan natijani beradi.
STEM nega kerak?
STeM fanlarini öqiş davomida öquvçida quyidagi qobiliyatlar şakllanadi:
- muammoni hal qila oliş;



















