Qaşqadaryo viloyati Qarşi tumanidagi çorrahada röy bergan yöl-transport hodisasida uçta maşina özaro töqnaşgan.
Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berişiça, hodisa 2023 yil 17 mart kuni soat 18:30 larda sodir bölgan.
Xalqaro ahamiyatdagi A-380A Qarşi aylanma avtomobil yöli va 4N-292A Qarşi-Namuna yöli kesişgan çorrahada, haydovçi B.X. boşqaruvida bölgan Isuzu yuk maşinasi içki yöldan çiqayotgan Damas’ni urib yuborgan.
Şundan söng Damas haydovçisi boşqaruvni yöqotgan va maşina yölning öng tomonida töxtab turgan Nexia’ga urilgan.
Hodisa oqibatida Damas haydovçisi va yölovçisi oğir tan jarohatlari olib şifoxonada vafot etgan.
Qayd etilişiça, holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.












