«Xalqaro şartnomani tasdiqlaş töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi. 

Qarorga muvofiq, Özbekiston bilan Qozoğiston hukumati örtasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasida hamkorlik töğrisida bitim tasdiqlandi. 

Mazkur bitim 2022 yil 22 dekabr kuni Toşkent şahrida imzolangan. 

Tabiat resurslari vazirligi uşbu xalqaro şartnomani amalga oşiriş uçun mas’ul bölgan vakolatli organ etib belgilandi. 

Vazirlar Mahkamasi hamda tegişli vazirlik va idoralarning rahbarlari uşbu xalqaro şartnoma kuçga kirganidan keyin Özbekistonning majburiyatlari bajarilişini ta’minlaydi. 

Avvalroq, «Yaşil Markaziy Osiyo» taşabbusi doirasida Markaziy Osiyodagi barça muzliklarni monitoring qiliş va modellaştiriş böyiça yagona hujjat işlab çiqiş rejalaştirilayotgani haqida xabar berilgan edi.