Dunyoning eng yirik samolyoti: Rossiya armiyasi yakson qilgan An-225 «Mriya»ni tiklab böladimi?
|16:29 / 19.03.202331 22614 min
2022 yil 25 fevral kuni Ukrainaga bostirib kirgan Rossiya harbiylari Kiyev viloyatining Gostomel şahridagi angarda turgan An-225 «Mriya»ga şikast yetkazdi. Şu tariqa 35 yildan buyon dunyodagi eng yirik transport samolyoti maqomini egallab kelayotgan An-225 yaroqsiz holga keldi. Ukraina tomoni hozir ikkinçi An-225 samolyoti yasalayotganini ma’lum qilgan. Biroq uning qaçon foydalanişga topşirilişi noma’lum.
2022 yil 24 fevral kuni Rossiya armiyasi Ukrainaga bostirib kirdi va qisqa muddatda mamlakatning ança qismini bosib oldi. Rus harbiylari Ukrainadagi köplab şaharlarni vayron qilişdi. Infratuzilmani izdan çiqarişdi. Suv omborlari, AESlar xavf ostida qoldi.
Bundan taşqari, Rossiya armiyasi Ukraina faxri bölgan, dunyodagi eng yirik transport samolyoti sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan samolyotga şikast yetkazişdi.
Rus harbiylari Kiyev viloyatidagi Gostomel şahridagi angarda turgan An-225 «Mriya» samolyotini yaroqsiz holga keltirişdi.
Foto: techinsider.ru
An-225 «Mriya» tarixi
1980-yillar boşida SSSR ministrlar soveti rekord darajada yuk kötariş quvvatiga ega bölgan oğir transport samolyotini yasaş haqida qaror çiqaradi.
Qarorga köra taniqli aviakonstruktor Viktor Tolmaçev yangi samolyotni yasab çiqişga mas’ul etib tayinlanadi. Samolyotga An-225 «Mriya» nomi beriladi va uni Kiyevdagi Antonov nomidagi mexanika zavodida yiğiş belgilanadi.
Muhim loyihaga Tolmaçevning rahbar etib tayinlanişi bejizga emasdi. U biroz avval An-124 «Ruslan» deb nomlangan oğir yuk kötaruvçi transport samolyotini yasab çiqqandi. An-124 ham Kiyevdagi zavodda yiğilayotgandi.
1985 yilda KPSS markaziy qömitasi siyosiy byurosida An-225 «Mriya»ni yasab çiqişni tezlaştiriş haqida qaror qabul qiladi.
Gigant samolyotni yasaş juda köp ehtiyot qismlar talab qilardi. Şu sababli An-225ga kerak böladigan asosiy ehtiyot qismlarni Antonov zavodi bilan birga SSSRdagi boşqa aviatsiya birlaşmalarida işlab çiqariş közda tutilgandi. Bu uçun aviatsiya zavodlari kooperatsiyaga birlaştiriladi.
Kooperatsiya tarkibida Toşkent aviatsiya zavodi ham bor edi va bu yerda An-225 uçun qanotlar va boşqa ehtiyot qismlar işlab çiqariladi.
Bir neça yillik mehnatdan söng nihoyat 1988 yil dekabr oyida samolyot tayyor böladi. Uning ilk sinov parvozi öşa yili 21 dekabrda amalga oşiriladi. Bir yarim soat davom etgan parvozda An-225 da jiddiy kamçiliklar körinmaydi va u sinovdan ijobiy ötadi.
Mavzuga oid
An-225 samolyotining imkoniyatlari
Turboreaktiv dvigatellar soni – 6 ta;
Qanotlarning umumiy uzunligi – 88,4 metr;
Samolyotning uzunligi – 84 metr;
Balandligi – 18,2 metr;
Samolyotning oğirligi – 216 tonna;
Böş holda uçiş masofasi – 15 400 km;
Yuk bilan uçiş masofasi – 4 000 km;
Yuk ortiş kabinasi ölçami – uzunligi 43 metr, eni 6,4 metr, balandligi 4,4 metr;
Ekipaj soni – 6 kişi;
Maksimal yuk kötariş quvvati – 250 tonna;
Qönmasdan uçganda tavsiya etilgan yuk oğirligi – 180-200 tonna;
Qit’alararo uçganda tavsiya etilgan yuk oğirligi – 150 tonna;
Foto: yaplakal.com
An-225 kosmik kema uçun yasalganmi?
1980-yillar boşida SSSR kosmosni özlaştirişda AQŞliklardan ortda qola boşladi. Bunga sabab AQŞ kosmik raketalar uçirişda ança muvaffaqiyatga erişgan va parvozlar uçun kamroq pul sarflardi.
Gap şundaki, 1981 yilda AQŞ köp marta foydalanadigan kosmik kema yaratadi va parvozlarda ulardan foydalana boşlaydi. SSSRda esa unday qurilma yöq edi. Barça parvozlar bir martalik kosmik kemalarda amalga oşirilar va şu sababli xarajatlar oşib ketardi.
Ana şunday şaroitda SSSRda konstruktorlar oldiga köp marta foydalanadigan kosmik kema yaratiş topşiriği qöyiladi. Nihoyat 1989 yilga kelib SSSRda «Buran» nomi bilan bir dona (!) köp marta foydalanadigan kosmik kema yasaladi.
Öşanda «Buran»ni yaratiş ustida işlar ketayotganda uni olib yuriş uçun maxsus samolyot yasaşga qaror qilişadi. Bu An-225 bölişi kerak edi.
Tasodifmi yoki belgilangan reja şunday bölganmi, An-225 va «Buran» oldinma-keyin tayyor böladi. 1988 yil noyabrda «Buran»ning, dekabrda An-225 ning ilk sinov parvozi muvaffaqiyatli ötkaziladi.
An-225 va «Buran»ning birgalikdagi parvozi
1989 yilda An-225 va «Buran» birgalikda bir neça marta birga uçişadi. Bunda «Buran» An-225 ning tepasiga ortiladi va maxsus uskunalar bilan mahkamlanadi. Ular şu tarzda parvoz qilişadi.
Foto: iStock
Birinçi parvozda An-225 «Buran»ni Moskvadagi zavoddan Boyqönğir kosmodromiga olib keladi. Söng uni Parijdagi xalqaro aviaşouda namoyiş etiş uçun Fransiyaga olib boradi. Uçinçi parvozda An-225 «Buran»ni ustiga mindirib Vladivostokkaça borib keladi.
Biroq «Buran» baribir özini oqlamaydi va biron marta ham fazoga parvoz qilmasdan «brak»ka çiqadi. An-225 samolyoti esa...
An-225 ning qayta tirilişi
SSSR parçalanib ketgaç An-225 Ukraina tasarrufida qoladi. Biroq samolyot 1994 yilda parvozlarni töxtatadi. Uning dvigatellari parvoz qilib yurgan An-124 samolyotlariga olib qöyiladi.
2000 yil boşida Ukrainadagi Antonov davlat aviatsiya korxonasida An-225 qayta ta’mirlanadi. 2001 yilda xalqaro aviatsiya qömitasi unga xalqaro sertifikat beradi. Şundan söng An-225 tijorat parvozlarini boşlab yuboradi.
Ukrainada samolyotga Antonov aviatsiya korxonasi qoşida oçilgan Antonov Airlines egalik qiladi.
2016 yilda An-225 Ukrainadan Avstraliyaga parvoz qiladi. Bu uning uzoq masofaga qilgan ilk parvozi edi.
Samolyot manzilga yetgunça tört joyda, Praga, Turkmanboşi, Haydarobod va Kuala-Lumpurda qönib ötadi. Samolyot Avstraliyaning Petr şahri aeroportiga qönganda uning içida 117 tonna oğirlikdagi generator bor edi. Öşanda An-225 15,5 ming kilometr masofani bosib ötgandi.
Öşa yili An-225 Braziliyaga ABB kompaniyasining 155 tonnalik elektroturbinasini olib boradi. Öşanda yukning umumiy oğirligi 182 tonna bölgan.
Öşa yili 10 noyabr kuni Germaniyaning Leypsig şahri aeroportida An-225ni samolyotlar turargohiga joylaş vaqtida uning ikkinçi dvigatelda nosozlik röy beradi. Tekşirib körilganda nosozlik jiddiy emasligi oydinlaşadi. Samolyot ertasi kuni yana parvoz qiladi.
Foto: 24tv.ua
2019 yilda samolyot ta’mirlanadi va unga «Ivçenko-Progress» kompaniyasida işlab çiqarilgan yangi dvigatellar örnatiladi. 2020 yilda ta’mirdan söng ilk parvozni Xitoyning Tyanszin şahriga amalga oşiradi. Yölda Olmaota şahrida töxtaydi va unga yoqilği quyiladi.
Samolyotning vayron qilinişi
2022 yil 24 fevral kuni Rossiya Ukrainaga bostirib kirgan kuni An-225 Kiyev viloyati Gostomel şahridagi Antonov Company korxonasiga qaraşli angarda turgan edi.
Samolyotning bitta dvigateli ta’mirlaş uçun yeçib olingan va u duşmanlardan qoçib ketiş uçun uça olmas edi. 25 fevral kuni Rossiya harbiylari Antonov aeroportini egallaş uçun hujum boşlaydi.
Qaqşatqiç janglar davomida rus harbiylari angarda turgan An-225 ga jiddiy talafot yetkazadi. Oqibatda dunyodagi eng yirik transport samolyoti yaroqsiz holga keladi.
2022 yil 3 mart kuni Rossiya markaziy telekanalida An-225 turgan angardan lavha efirga uzatiladi. Unda şikastlangan samolyot ham körsatiladi. Lavhada samolyot fyuzelyajining old qismi yonğin oqibatida yaroqsiz holga kelgani körsatiladi.
Köp ötmay rus harbiylari Kiyev viloyatida mağlubiyatga uçrab çekinişadi. Şundan söng An-225 yaroqsiz holga kelgani, biroq uni ta’mirlaş mumkinligi oydinlaşadi.
Öşanda Ukraina mudofaa vazirligi An-225 ni ta’mirlaş uçun 3 milliard dollar mablağ va bir neça yil lozimligini ma’lum qiladi.
Ikkinçi An-225
1980-yillar oxirida birinçi An-225 ning sinov parvozi muvaffaqiyatli amalga oşirilgaç Antonov zavodida ikkinçi samolyotni yasaş işlari boşlab yuboriladi. Biroq SSSR parçalanib ketgaç işlar töxtab qoladi.
Keyinçalik Ukraina buyurtma bölsa işni oxiriga yetkazib ikkinçi An-225 samolyotini yasab berişini ma’lum qiladi, biroq narx juda balandligi uçun xaridor çiqmaydi.
Ma’lum bölişiça, samolyotning sentroplan, fyuzelyaj va qanotlari tayyor bölgan va u Antonov aviatsiya zavodlaridan birida saqlangan.
2016 yilda Antonov korxonasi Xitoyning Aerospace Industry Corporation of China kompaniyasi bilan ikkinçi An-225 ni töliq bitkaziş va Xitoyga sotiş böyiça kelişuv imzolaydi.
Biroq 2017 yilda OAVda Xitoy samolyotni sotib oliş fikridan voz keçgani haqida xabarlar tarqaladi.
2019 yilda Britaniyaning Daily Mirror naşri Ukraina öz kuçi bilan ikkinçi An-225 ni qurib bitkazişga qaror qilgani haqida yozib çiqadi.
2022 yilda An-225 yakson qilingandan söng Ukraina tomoni ikkinçi An-225 ni tiklaşini, uning 70 foiz işi bajarilganini ma’lum qildi.
2022 yil 7 noyabr kuni Antonov korxonasi maxfiy joyda ikkinçi An-225 samolyoti yasalayotganini va şikastlangan birinçi An-225 samolyotining ehtiyot qismlari unga qöyilayotgani haqida xabar berdi.
An-225 ga tegişli rekordlar
An-255 aviatsiya tarixida havoga kötarilgan eng oğir yuk samolyoti hisoblanadi.
U ilk rekordni 1989 yilda örnatgan va öşanda 156,3 tonna yuk ortib parvoz qilgan.
2004 yilda Zeromax GmbH kompaniyasi buyurtmasi bilan Pragadan Toşkentga 250 tonna maxsus texnikalardan iborat yukni olib keladi. Bu yangi rekord edi.
2009 yilda An-255 ning yana bir rekordi Ginnesning rekordlar kitobiga kiritiladi. Öşanda samolyot Armanistonda qurilayotgan elektrostansiya uçun Germaniyadan Yerevanga 187,6 tonna yuk olib kelgan (174 tonna oğirlikdagi ulkan generator va boşqa jihozlar).
2010 yilda samolyot eng uzun ölçamdagi yuk ortiş böyiça yana bir rekord örnatadi. U şamol elektrostansiyasiga örnatiladigan, har birining uzunligi 42,1 metr bölgan ulkan ikkita parrakni ortib parvoz qiladi.
Samolyotning oğir yuk kötariş böyiça eng yuqori körsatkiçi 253,8 tonna bölgan.
Umumiy hisobda An-225 yuk ortiş va körsatkiçlar böyiça jami 250 dan oşiq dunyo rekordlarini örnatgan.
An-225 poçta markalari va pul birliklarida
1987 yilda SSSRda An-225 tasviri tuşirilgan maxsus konvert çiqarilgan;
1996 yilda Ukraina poçtasi An-225 tasviri tuşirilgan poçta markasi çiqargan;
2002 yilda Ukrainada An-225 tasviri tuşirilgan 5 va 20 grivnalik yubiley tangalari zarb etilgan;
2003 yilda Solomon orollarida zarb etilgan 25 dollarlik, 2008 yilda Kuk orollarida zarb etilgan 1 dollarlik kumuş tangalarga An-225 samolyoti tasviri tuşirilgan.
Dunyoning eng yirik transport samolyotlari
An-225 «Mriya»
Yakson qilinişidan avval An-225 «Mriya» dunyodagi eng yirik transport samolyoti edi.
Boeing 747 Dreamlifter
Boeing 747 Dreamlifter samolyotining birinçisi 2006 yilda işlab çiqarilgan. Hozirgi kunda undan törtta bor. Uşbu samolyot 100 tonnadan oşiq yukni kötarib uça oladi.
Aero Spacelines Super Guppy
Aero Spacelines Super Guppy samolyoti 1965 yilda aerokosmik tadqiqotlar uçun NASA buyurtmasi bilan Boeing kompaniyasida işlab çiqarilgan. Mazkur samolyotdan 5 dona yasalgan va u 77 tonnadan oşiq yukni ortib uça oladi.
An-124 «Ruslan»
An-124 «Ruslan» samolyoti 1980-yillar boşida işlab çiqarilgan. Keyinçalik mazkur samolyotning turli modifikatsiyalaridan Ukraina va Rossiyada 55 dona işlab çiqarilgan. Garçi An-124 «Ruslan»ning yuk kötariş quvvati 120 tonna bölsa ham u asosan 50-60 tonna yuk ortib uçadi.
Lockheed C-5 Galaxy
Lockheed C-5 Galaxy samolyoti 1968 yilda AQŞ harbiy havo kuçlari uçun işlab çiqarilgan. Uning maksimal yuk kötariş quvvati 122 tonna. Biroq odatda unga ham 50-60 tonna atrofida yuk ortiladi. Mazkur samolyotlardan jami 131 dona işlab çiqarilgan.
Airbus A300-600ST Beluga
Airbus A300-600ST Beluga samolyoti ilk bor 1995 yilda foydalanişga çiqarilgan. Bu samolyotdan jami 5 dona yasalgan va u 47 tonna yuk kötara oladi.
An-22 «Antey»
An-22 «Antey» samolyotining ilk parvozi 1965 yilda amalga oşirilgan. 1965-1976 yillar oraliğida Toşkent aviatsiya birlaşmasida undan jami 67 dona işlab çiqarilgan. An-22 «Antey» samolyotlaridan asosan SSSR harbiy havo kuçlari foydalangan. Mazkur samolyotlarning maksimal yuk kötariş quvvati 80 tonna bölsa ham, unga 30-40 tonna yuk ortilgan.
Boeing C-17 Globemaster III
Boeing C-17 Globemaster III samolyoti 1991 yilda harbiy maqsadlarda foydalaniş uçun işlab çiqarilgan. Öşandan buyon Boeing kompaniyasi mazkur samolyotlardan qariyb 300 dona işlab çiqargan. Bugun ulardan AQŞ, Buyuk Britaniya, Kanada va Avstraliya harbiy havo kuçlari foydalanmoqda. Mazkur samolyotning maksimal yuk ortiş quvvati 77 tonna bölsa ham, unga asosan 30-40 tonna yuk ortiladi.
Il-76
Il-76 samolyotining ilk parvozi 1971 yilda amalga oşirilgan. Il-76 dan qariyb mingta işlab çiqarilgan va hanuzgaça undan dunyoning köplab davlatlari harbiy maqsadlarda foydalanib kelmoqda.
Öz vaqtida Il-76 samolyotlari Toşkent aviatsiya birlaşmasida ham işlab çiqarilgan. Ularning maksimal yuk ortiş quvvati 60 tonna bölsa-da, Il-76 larga asosan 30-40 tonna yuk ortilgan.
Airbus A400M Atlas
Airbus A400M Atlas samolyoti nisbatan yangi model hisoblanadi. U ilk parvozni 2009 yilda amalga oşirgan. Tölaqonli foydalaniş 2013 yildan boşlangan. Ötgan yillar mobaynida bu samolyotdan 115 dona işlab çiqarilgan. Airbus A400M Atlas 30-40 tonna yuk ortiladi.
Lockheed Martin C-130J Super Hercules
Harbiy maqsadlar uçun çiqarilgan mazkur samolyotning ilk parvozi 1954 yilda amalga oşirilgan. Hozirgi kunda undan AQŞ, Jazoir, Angola, Argentina, Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Boliviya, Botsvana, Braziliya kabi davlatlarda harbiylari foydalanişmoqda. Bu samolyotdan jami 2600 dona işlab çiqarilgan. Samolyotning yuk kötariş quvvati 19 tonna.