Avvalroq, Kun.uz’da Jizzax viloyatida sodir bölgan yöl-transport hodisasida ikki nafar prokuratura xodimi halok bölgani haqida xabar berilgandi.

Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsuddinov hodisa yuzasidan ma’lumot berdi. Unda aytilişiça, hodisa 2023 yil 18 mart kuni sodir bölgan.

Zomin tumani prokurorining yordamçisi lavozimida iş örganuvçi E.K. boşqaruvidagi Lacetti Supa-Zomin yönalişida harakatlanayotib, yölning öng çetidagi daraxtga urilgan.

Oqibatda, E.K. va maşina salonida bölgan Zomin tumani prokuraturasi iş yurituvçisi A.Q. oğir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.

Zomin tumani prokuraturasi tergovçisi D.Z. tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlaşmasiga yotqizilgan.

Qayd etilişiça, 2023 yil 19 mart kuni hodisa yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.