Kompaniyaning boşqaruvçi direktori doktor Aaşiş Çaudri Livemint.com yangiliklar portaliga mazkur tibbiyot tarmoğining yaqin kelajakdagi rejalari haqida sözlab berdi.
«Biz Özbekiston vakillari bilan Anglaşuv memorandumini imzoladik. Öta zamonaviy infratuzilma, tibbiy asbob-uskunalar, malakali şifokor va tibbiyot xodimlariga ega zamonaviy şifoxona quriş uçun bizga 10 gektar yer ajratiladi», - degan u suhbat çoğida.
Hindistonlik şifokorlar yangi Aakash Health Medicity şaharçasida, şuningdek, tibbiyot kollejlari, xususan, hamşiralar tayyorlaydigan öquv muassasasini joylaştirişni rejalaştirmoqda.
«Dehli şahrida joylaşgan Aakash Healthcare şifoxonasi zamonaviy infratuzilma va eng sönggi texnologiyalar bilan jihozlangan, bu yerda malakali şifokorlar va boşqa tibbiyot xodimlari faoliyat yuritadi, - deyiladi maqolada. - Uşbu tibbiyot muassasasi ortopedik va böğimlarni almaştiriş jarrohligi sohasidagi yetakçi xizmatlari bilan nom qozongan. Şuningdek, kardiologiya va yurak jarrohligi, ona va bola, umumiy va minimal foydalaniş jarrohligi, oftalmologiya, nevrologiya, neyroxirurgiya, buyrak tadqiqotlari va boşqa yönalişlarda ilğor tajriba markazlari faoliyati yölga qöyilgan».
Intervyuda ta’kidlanişiça, ötgan yil noyabr oyida Toşkentning Uçtepa tumanida mazkur tibbiyot tarmoğining umumiy qiymati 10 million dollarlik bölgan köp tarmoqli tibbiyot klinikasi taşkil etilgan edi. «Yangi loyihaga 100 million dollar sarmoya jalb etilişi, 3 mingga yaqin iş örni yaratilişi kutilmoqda», deb yozadi Hindiston OAV.

















