Isroil Falastin hududida yangi turar joylar quriş böyiça muhokamalarni tört oyga va forpostlar quriş uçun ruxsatnoma berişni olti oyga töxtatişga rozi böldi. Bu haqda 19 mart kuni Isroil, Falastin, Misr, Iordaniya va AQŞning qöşma bayonotiga tayanib, The Times of Israel naşri xabar berdi.

Hujjatda aytilişiça, tomonlar Misrning Şarm aş-Şayx şahrida bölib ötgan muzokaralar çoğida keskinlikni pasaytiriş va «keyinçalik zöravonliklarning oldini oliş» yölida işlaşga kelişib oldilar hamda «ham isroilliklar, ham falastinliklar uçun xavfsizlik, barqarorlik va tinçlikni mustahkamlaş» majburiyatini oldilar.

«Isroil hukumati va Falastin milliy ma’muriyati uç oydan olti oygaça bölgan muddatga bir tomonlama çoralarni zudlik bilan töxtatişga tayyorligini va birgalikdagi majburiyatini tasdiqladi», — deyiladi bayonotda. Tomonlar, şuningdek, «zöravonlik, fitna va vaziyatni keskinlaştirişi mumkin bölgan xatti-harakatlarni kamaytiriş va ularga qarşi kuraşiş mexanizmini işlab çiqişga» kelişib oldilar», deyiladi kommyunikeda.

Isroil va Falastin delegatsiyalari Misr, Iordaniya va Qöşma Ştatlar vositaçiligida sönggi oylarda avj olgan inqirozni yumşatiş uçun bir oydan kamroq vaqt içida ikkinçi marta uçraşdi, deya ta’kidlaydi AP.

Bu vaqt içida Isroil armiyasining harakatlari natijasida 200 dan ortiq falastinlik, falastinliklarning hujumlari paytida esa 40 dan ortiq isroillik halok bölgan, deya eslatadi agentlik. Navbatdagi yiğiliş aprel oyiga möljallangan, u ham Misrda bölib ötadi.

Fevral oyidagi oldingi uçraşuvdan söng Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu Isroil hukumati Ğarbiy Sohildagi aholi punktlarida yangi uy-joy quriş böyiça tasdiqlangan rejalarni bekor qilmasligini aytdi.