2023 yil 1 mart holatiga köra, mahalliy ijro hokimiyati organlarining ruxsatnomalariga köra, Qozoğistonda 13 403 nafar çet el fuqarosi mehnat qilmoqda. Bu haqda Tengritravel xabar berdi.
«Qozoğistonda xorijlik işçi kuçidan foydalanayotgan 1640 nafar iş beruvçi mavjud», deyiladi hisobotda.
Qayd qilinişiça, 769 nafar özbekistonlik Qozoğistonda rasman mehnat qilmoqda - bu beşinçi körsatkiç.
Mehnat migrantlarining kelib çiqiş mamlakatlari:
- Xitoy - 3411 kişi;
- Hindiston - 1685 kişi;
- Turkiya - 1523 kişi;
- Buyuk Britaniya - 1073 kişi;
- Özbekiston – 769 kişi.
Iqtisodiy faoliyat turlari böyiça xorijiy fuqarolar eng köp quyidagi sohalarda işlamoqda:
- quriliş – 5494 kişi, 41 foiz;
- konçilik va karerlarni qaziş - 1455 kişi, 11 foiz;
- kasbiy, ilmiy va texnik faoliyatda – 995 nafar, 8 foiz;
- sanoat – 889 kişi, 7 foiz;
- qişloq, örmon va baliq xöjaligida – 641 kişi, 5 foiz.

















