Anneksiya qilingan Qrimning Jankoy şahri aholisi vakillari 20 mart kuni keçqurun şaharda portlaşlar va otişmalar ovozlari eşitilayotgani töğrisida xabar bera boşladi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoyozuvlarga köra, Jankoyga kamikadze dronlar hujum uyuştirgan. Jankoy uçuvçisiz uçiş qurilmalari hujumiga yöliqqani haqida şahar ma’muriyati rahbari Igor Ivin ham ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, Janubiy köçadagi turar joy binosi şikastlangan, Perekopskaya köçasidagi oziq-ovqat dökonida yonğin çiqqan.
Anneksiya qilingan Qrim rahbari Sergey Aksenov Jankoy hududida «havo hujumidan mudofaa tizimi işga tuşgani» haqida xabar berdi. Jankoy rahbari esa şahardagi ikki köçada dron qoldiqlari topilganini ma’lum qildi. Qrim rahbari maslahatçisi Oleg Kryuçkov dron qoldiqlari suratlarini e’lon qilgan.


Hodisa oqibatida, rasmiy ma’lumotlarga köra, bir kişi yaralangan. Mahalliy aholi vakili, oziq-ovqat dökoni sotuvçisi bölgan 33 yoşli kişi oskolkadan jarohatlanib, şifoxonaga yotqizilgan. Jankoy rahbari uning hayoti xavf ostida emasligini bildirdi.
Ukraina Mudofaa vazirligi Boş razvedka boşqarmasi Jankoyda temiryöl orqali taşilayotgan «Kalibr-NK» rusumli qanotli raketalari yöq qilingani töğrisida ma’lumot berdi. Razvedkadagilarning qayd etişiça, bu raketalar RF Qora dengiz floti kemalaridan uçirilişi rejalaştirilgandi.
Ukraina hukumati bir neça marta Rossiya bilan uruş RF qöşinlari Ukrainaning bosib olingan barça hududlaridan, jumladan 2014 yilda annexia qilingan Qrimdan ham ketgaçgina yakunlanişi mumkinligini ma’lum qilgan. 2022 yil avgustida ukrainalik harbiylar Rossiyaning Qrimdagi aviabazalariga zarbalar yöllagandi. Sentyabr oyi boşida Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni Valeriy Zalujniy uruşning 2023 yilgi istiqbollari töğrisidagi maqolasida Qrimni ozod etiş böyiça harbiy amaliyot ötkazilişi mumkinligini istisno etmagandi.


















