Germaniya kansleri Olaf Şols Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi tez orada tugaşini kutmayapti, çunki Rossiya qöşinlari olib çiqilmasdan tinçlik örnatib bölmaydi. Bu haqda Germaniya hukumati rahbari Rheinische Post gazetasi tomonidan 20 mart, duşanba kuni taşkil etilgan tadbirda aytib ötdi.
«Biz bu uruş uzoq vaqt talab qilişi mumkinligiga tayyor bölişimiz kerak», dedi Şols. «Uruş tugagaç ham, hamma narsa darhol normal holatga qaytmaydi. Lekin biz ham uni tugatiş uçun harakatlarimizni töxtatmasligimiz kerak», deb qöşimça qildi kansler.
Şols, şuningdek, rejimni taşqi kuç işlatiş orqali özgartiriş tuşunçasiga işonmasligini aytdi. Kanslerning sözlariga köra, AQŞ prezidenti Jo Bayden unga Oq uy bunday variantni körib çiqmayotganini aytgan. «Men Amerika prezidentini bu ğoyada qöllab-quvvatlayman», deb ta’kidladi Şols.
Rossiya Ukrainada tinçlik örnatiş şartlarini belgilab bera olmaydi, dedi Şols. «Ukraina öz yaxlitligi va mustaqilligini himoya qila olişi kerak», dedi u va Rossiya qöşinlari olib çiqilmasdan turib, Rossiya va Ukraina örtasida tinçlik örnatiş imkoniyatini körmasligini ta’kidladi.
«Rossiya prezidenti Vladimir Putin uruşda ğalaba qozonmasligi kerak. Çegaralar kuç bilan buzilmasligi kerak», - dedi Şols hamda uruş tugaganidan keyin ham uning oqibatlari uzoq vaqt davomida sezilişini, Ukraina uzoq vaqt tiklanişga muhtoj bölişini qöşimça qildi.


















