Ma’lum qilinişiça, mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi rolini yanada oşiriş bundan buyon ham e’tibor markazida böladi. Şu maqsadda mahalla fuqarolar yiğiniga özi joylaşgan hududdagi xalq deputatlari mahalliy kengaşlari sessiyalariga takliflar kiritiş, kengaş qarorlari loyihalarini işlab çiqiş va muhokama qilişda iştirok etiş huquqi berilmoqda.
Şuningdek, aholi örtasida e’tirozlarga sabab bölayotgan ijtimoiy muammolarni aniqlaş va hal etiş uçun mahalla raisi tomonidan muhokamalar ötkaziş, har oyda mahalla kengaşida tegişli davlat organlari va taşkilotlari rahbarlarining axborotlarini eşitiş amaliyoti yölga qöyilib, “mahalla nazorati” va “mahalla raisi sörovi” institutlari joriy etiladi.
“Bu yil tariximizda birinçi marta tajriba tariqasida har bir hududdagi bitta tumanda “mahalla budjeti” tizimi örnatilib, mol-mulk va yer soliğining bir qismini mahallalarning özida qoldiriş közda tutilmoqda. Bu esa mahallalarimiz hududidagi mavjud muammolarni bevosita ular tomonidan mustaqil hal etilişida muhim ahamiyatga ega. Uşbu tajribaning amaliy natijalariga qarab, kelgusida uni butun respublikamizda yölga qöyiş masalasini körib çiqamiz. Bir söz bilan aytganda, mahallalarni fuqarolik jamiyatining tayanç ustuniga, çinakam xalqçil tuzilmaga aylantiriş uçun barça çora-tadbirlarni köramiz”, deyiladi tabrik matnida.
















