2022 yilda yozuvçi, şoir va jurnalistlarga qarşi 115 ta hujum qayd etilgan, deya xabar beradi Germaniyaning Darmştadtdagi PEN- markaz 21 mart, seşanba kuni boş taşkilot ma’lumotlariga tayanib. «Ukraina va Eron kabi qaynoq nuqtalardagi vaziyatni hisobga olsak, yozuvçilar va jurnalistlar butun dunyoda: Bahrayn, Misr, Xitoy yoki Zimbabveda duç kelayotgan repressiyalarni közdan keçiriş oson edi», - deyiladi xalqaro inson huquqlari nohukumat taşkiloti bayonotida.
Belarusda, PEN-klub qayd etişiça, yozuvçi va Tinçlik uçun Nobel mukofoti sovrindori Ales Belyatskiy yaqinda «faqat inson huquqlari taşkilotini taşkil etgani uçun» 10 yilga qamalgan. Turkiyada xayriyaçi, madaniy loyihalar taşabbuskori, noşir Usmon Kavala, şuningdek, siyosatçi va yozuvçi Salohiddin Demirtoş Yevropa inson huquqlari sudining ozod qiliş talabiga qaramay, panjara ortida qolmoqda.
Meksika faol uruş zonalaridan taşqarida jurnalistlar uçun dunyodagi eng xavfli davlat bölib, 2022 yilda u yerda 13 jurnalist halok bölgan. Ukrainada uruş 15 jurnalistning hayotiga zomin böldi, deya xabar beradi PEN-klub Jurnalistlarni himoya qiliş qömitasi (CPJ)ga tayanib.
Yozuvçilar, jurnalistlar va şoirlarga qarşi hujumlarning aksariyati Amerika qit’asida, undan keyin Yevropa va Markaziy Osiyoda, Osiyo-Tinç okeani mintaqasi mamlakatlari va Afrikada sodir etilgan.

















