Toşkentda ötkazilgan futbol böyiça Osiyo kubogi U20 turniri ğoliblari konstitutsiyaviy islohotlarga befarq emasligini bildirib, #befarqemasman çellenjida iştirok etdi.

Izzatillo Pölatov, himoyaçi:

– Imkoniyat va şaroit yaratib berilgan joyda, albatta, ösiş böladi. 18 mart kuni biz buni maydonda körsatdik.

Abbos Fayzullayev, yarimhimoyaçi:

— Qisqa vaqt içida Özbekiston millionlar öyinida öz örniga ega mamlakatga aylandi. Biz ğalabamizni stadionda bevosita prezidentimiz bilan nişonladik va bu adolatli böldi.

Umarali Rahmonaliyev, yarimhimoyaçi:

— Biz har bir yönalişda huquqlarimizni himoya qiladigan, mehnatlarimizni rağbatlantiradigan davlat qurişda davom etişni istaymiz. Çunki biz ertangi kunimiz, kelajagimizga befarq emasmiz.