Sud va boşqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etiş sohasida suiiste’molçiliklarning oldini oliş hamda fuqaro va tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarni hal etiş maqsadida quyidagilar belgilandi:
Majburiy ijro byurosi tomonidan qöllanadigan ma’muriy jarimaning miqdori ijro hujjatida undirilişi belgilangan summadan yuqori bölişi mumkin emas;
Majburiy ijro byurosi nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni körib çiqişga hamda ma’muriy jazo qöllaşga faqat Özbekiston Boş davlat ijroçisi, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrining boş davlat ijroçilari, ularning örinbosarlari, şuningdek, Majburiy ijro byurosining tuman (şahar) bölimlari boşliqlari haqlidir.
















