Qozoğistonda hukmron «Amanat» partiyasi parlament saylovida 53,9 foiz ovoz töpladi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi (MSK) raisi Nurlan Abdirov matbuot anjumanida ma’lum qildi. 

20 mart kuni Markaziy saylov komissiyasi parlament saylovining dastlabki natijalarini e’lon qildi. Natijalarga köra, oltita partiya Majlisga kirdi. 

Ovozlar quyidagiça taqsimlandi:

«Amanat» partiyasi – 53,9%;

«Ovul» Xalq demokratik vatanparvarlik partiyasi – 10,9%;

«Respublika» partiyasi – 8,59%;

«Aq Jöl» demokratik partiyasi – 8,41%;

Qozoğiston Xalq partiyasi – 6,8%;

Milliy sotsial-demokratik partiya – 5,20%;

«Baytak» yaşil partiyasi - 2,13%.

Bir mandatli saylov okruglari böyiça ham dastlabki natijalar e’lon qilindi. MSK ma’lumotlariga köra, 23 ta saylov okrugida hukmron «Amanat» partiyasi, yana oltita saylov okrugida öz-özini körsatgan nomzodlar ğalaba qozongan. 

«Amanat» uçun qariyb 54% ovoz - partiyaning oldingi barça saylovlardagi, şu jumladan 2021 yilda ötkazilgan oxirgi saylovlardagi natijalaridan sezilarli darajada past (2007 yildan beri eng yomon natija - 71%). 

Biroq bu natija ham hukmron partiyaga quyi palatadagi köpçilikni saqlab qoliş imkonini beradi. Eng yaqin «raqobatçi» «Ovul» partiyasi ham xuddi şu sörovnomalarga köra, taxminan 10 foiz ovoz töplamoqda. 

Saylov natijalariga köra, «Amanat» parlamentda kamida 60 örin, «Ovul» partiyasi – 7-8 örin, «Respublika» va «Aq Jöl» partiyasi – 6-7 örin, Qozoğiston Xalq partiyasi – 5-6 örin, MSDP - 4-5 öringa ega böladi. Yana olti nafar deputat parlamentga kiriş vaqtida partiyalar vakili bölmaydi, biroq fraksiyalardan biriga kirişi mumkin. 

19 mart kuni parlament va maslihatlarga saylovlar bölib ötdi. Bu sanani mamlakat prezidenti Qosim-Jömart Töqayev 2023 yil 19 yanvarda sobiq parlament tarqatib yuborilganidan keyin belgilagan edi. MSK ma’lumotlariga köra, ovoz berişda 6 million 366 ming 441 nafar fuqaro iştirok etdi – bu mamlakat aholisining 54 foizi.