Belarus muxolifati yetakçisi Svetlana Tixanovskaya Vaşingtonga taşrifi çoğida Belarusni Rossiya bilan aloqalarni uzişga çaqirdi. 22 mart, çorşanba kuni AQŞ Kongressida sözga çiqib, u Kremlga Ukrainaga hujum qiliş uçun Belarusdan foydalanişga ruxsat bergan Aleksandr Lukaşenkoning harakatlarini tanqid qildi.
Tajovuzkor mamlakat «Ukrainaga hujum qiliş va unga tahdid soliş» uçun Belarus, uning havo hududi va infratuzilmasidan harbiy maqsadlarda «erkin foydalanadi», dedi Tixanovskaya. «Rossiyaning Belarus içki işlariga aralaşuviga qarşi turiş vaqti keldi. Rossiya noqonuniy rejimni qöllab-quvvatlab, milliy özligimizga qarşi mustamlakaçilik harakatlarini amalga oşirmoqda», - dedi u. Belarus prezidentligiga sobiq nomzod mamlakatni Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşişni töxtatişga çaqirdi.
Mart oyi boşida Minsk şahar sudi Tixanovskayani sirtdan 15 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Tergov unga bir vaqtning özida önta ayblov qöydi: unvon va hokimiyatni ruxsatsiz tortib oliş, milliy xavfsizlikka qarşi harakatlarda xorijiy davlatga yordam beriş, hokimiyatni egallab oliş uçun fitna uyuştiriş, nafrat uyğotiş, ekstremistik tuzilma yaratiş, MSK işiga tösqinlik qiliş va boşqalar.
Tixanovskayaning sözlariga köra, Belarus hukumati bu hukm bilan unga nima demoqçi bölganligi haqida öylamayapti. U «hukm bilan yoki usiz siyosiy mahbuslarni ozod qiliş va mamlakatni demokratik özgarişlar sari yetaklaş uçun barça imkoniyatlarni işga solişni» davom ettirmoqçi.


















