Vazirlar Mahkamasining “Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmatida yagona avtomatlaştirilgan axborot tizimini yaratiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Içki işlar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligi hamda boşqa manfaatdor taşkilotlar bilan birgalikda 2023 yil 1 oktabr kuniga qadar aholi yaşaş punktlaridan taşqaridagi yöllarda qoidabuzarlik yoki hodisalarni, qidiruvdagi transport vositasini aniqlaş, zarur çoralarni köriş hamda yordam körsatişda tezkorlikka erişiş maqsadida uçuvçisiz uçadigan apparatlardan foydalaniş hamda ularni saqlaş böyiça ilğor xorij tajribasini örganib çiqib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.
Içki işlar vazirligi:
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Yöl harakati xavfsizligi xizmatining Yagona axborot tizimini loyiha-texnik hujjatlarini quyidagilarni inobatga olgan holda qayta körib çiqib, belgilangan tartibda ekspertizadan ötkazilişini ta’minlaydi:
yöl harakati qoidalarining buzilişiga doir ma’muriy işlarni körib çiqişni, şu jumladan foto-video fiksatsiya qilişning avtomatlaştirilgan tizimi doirasida şakllantirilayotgan ma’lumotlarni özida markazlaşgan holda jamlovçi Yagona axborot tizimining Ma’muriy amaliyot moduli.
Vazirlar Mahkamasining “Ma’muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni yuritişning elektron tizimini joriy etiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar haqida” 2021 yil 8 iyuldagi 431-son qaroriga özgartiriş va qöşimçalar kiritiladi.

















