Vazirlar Mahkamasining “Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatida yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Ichki ishlar vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligining quyidagi takliflari ma’qullanadi:

  • zamonaviy raqamli texnologiyalar hisobiga tarqoq tizimlarni birlashtirish orqali yo‘l harakati xavfsizligini boshqarishning samaradorligini oshirish, aholiga munosib xizmat ko‘rsatish maqsadida, Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatida yagona avtomatlashtirilgan axborot-tahlil tizimini yaratish;
  • ma’lumotlarni agregatsiya qilish, samarali boshqaruv va axborot xavfsizligini ta’minlash uchun Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati – Yagona axborot tizimining integratori etib belgilash.

Quyidagilar:

  • Yagona axborot tizimini ishlab chiqish, takomillashtirish va uni keyinchalik texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha buyurtmachi funksiyasi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga yuklanadi;
  • Yagona axborot tizimini ishlab chiquvchisi va tizim integratori etib – “O‘zbektelekom” AK;
  • Yagona axborot tizimini ishlab chiqish, uni to‘liq joriy etish hamda uni keyinchalik texnik qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish manbasi etib – Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining budjetdan tashqari mablag‘lari belgilanadi.

Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga ko‘ra:

  • Yagona axborot tizim Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining barcha amaldagi axborot tizimlarini yagona platformaga o‘zaro integratsiya qiladigan platforma hisoblanadi va respublika ijro etuvchi hokimiyat hamda prokuratura va sud organlarining faoliyatiga joriy etilgan axborot tizimlariga integratsiya qilinadi;
  • ma’lumotlarni maqsadli almashish uchun Yagona axborot tizimi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning faoliyatiga joriy etilgan axborot tizimlariga amaldagi qonunchilikka muvofiq shartnoma asosida integratsiya qilinadi;
  • yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlar Yagona axborot tizimining Ma’muriy amaliyot moduli orqali o‘zaro integratsiya qilingan Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida yagona elektron ish yurituv tizimi (E-ma’muriy ish axborot tizimi) tartib-taomiliga muvofiq yuritiladi;
  • Yagona axborot tizimidagi huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma hamda ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlar E-ma’muriy ish axborot tizimi orqali shakllantiriluvchi yagona xos (unikal) raqam orqali ro‘yxatga olinadi;