Hukumat qarori bilan nogironligi bölgan şaxsning va tarkibida nogironligi bölgan şaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uçastkasini sotib oliş bilan boğliq xarajatlarini qoplab beriş tartibi töğrisida nizom tasdiqlandi.

Yer uçastkasini auksion orqali sotib oliş xarajatlaridan kelib çiqqan holda, oilasi tarkibida nogironligi bölgan şaxslar sonidan qat’i nazar, BHMning 100 baravarigaça (30 mln sömgaça) miqdorda bir martalik tölov ajratiladi. Bunda xarajatlar uşbu miqdordan yuqori bölgan hollarda BHMning 100 baravarigaça (30 mln sömgaça) bölgan qismi qoplab beriladi.

Imtiyozli toifadagi şaxslar quyidagi mezonlarga muvofiq kelişi kerak: oxirgi 12 oy davomida özi yoki oila a’zolari nomida yaşaş uçun möljallangan turar joyi yoki yer uçastkasi mavjud bölmasligi; yer uçastkasi oxirgi 3 oy içida auksion orqali xarid qilingan va Özbekiston hududida bölişi; nogironligi bölgan şaxs deb topilgan, şuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoşlar daftari”ning birida turgan bölişi.

Imtiyozli toifadagi şaxs auksion orqali yer uçastkasi sotib olgandan boşlab 3 oy içida öz hududidagi tuman (şahar) kambağallikni qisqartiriş va bandlik bölimiga murojaat qilişi lozim (uşbu muddatdan keçikib berilgan arizalar körib çiqilmaydi). Mablağ ajratiş töğrisida belgilangan tartibda qaror qabul qilingandan söng 5 iş kunida imtiyozli toifadagi şaxslarning arizasida körsatilgan bank plastik hisobvarağiga mablağ ötkazilişi ta’minlanadi.