“Iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

2024 yil 1 yanvargaça Özbekistonga olib kirişda bojxona bojining nol stavkasi qöllanadigan tovarlar röyxati tasdiqlandi. 

Jumladan:

  • yogurt; paxta, ivigan sut yoki qaymoq, qatiq;
  • pişloq va tvoroglar;
  • yangi yoki quritilgan xurmo (finik), anjir, ananas, avokado, guava, mango va mangostin yoki garsiniya;
  • yangi olma, nok va behi;
  • buğdoy yoki javdardan taşqari ğalla donidan un;
  • kakao tarkibli şokolad va boşqa tayyor oziq-ovqat mahsulotlari.

Ma’lumot uçun, avvalroq Özbekistonga olib kirişda bojxona boji nol stavkasi qöllaniladigan tovarlar röyxati 2023 yil 1 iyulga qadar tasdiqlangan edi.