Ayni kunlarda BMTning boş qarorgohida tuzilmaning Suv masalalari böyiça konferensiyasi ötkazilmoqda. Xalqaro hamjamiyat 45 yillik tanaffusdan söng ilk marotaba bunday konferensiyada jam böldi. Çunki masala nihoyatda dolzarb: 2050 yilga borib sayyoramiz aholisining 5 mlrd kişisi suv tanqisligidan aziyat çekişi mumkin.

23 mart kuni konferensiyaning yuqori darajadagi yalpi majlisida mamlakatimiz delegatsiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva nutq sözlab, BMT minbaridan Orol dengizi fojiasining oqibatlari, ularni yumşatiş böyiça Özbekiston tomonidan amalga oşirilayotgan keng kölamli işlar va bu boradagi xalqaro sa’y-harakatlarni birlaştirişda Özbekistonning yetakçiligi xususida söz yuritdi.
Saida Mirziyoyeva Orolböyidagi Möynoq ilgari yirik işlab çiqariş quvvatlariga ega port şahar bölgani, keyinçalik muvozanat buzilib, dengizning ölik qirğoqlari kemalar qabristoniga aylanganini ta’kidlab, qoraqalpoq elining atoqli şoiri Ibroyim Yusupov ijodidan dengizning köz oçib yumgunça sahroga aylanişi tasvirlangan satrlarni öqib berdi.

Özbekiston amalga oşirayotgan çora-tadbirlar haqida söz borganda, mintaqani moliyalaştiriş, iqtisodiy salohiyatini oşiriş, asosiysi, matonatli qoraqalpoq elining salomatligini tiklaş, hududda yaşil boğlarni yaratiş uçun 14 mln dollardan ortiq mablağ ajratilgani aytildi.


Fojia oqibatlarini bevosita öz boşidan keçirayotgan Qoraqalpoğiston xalqining matonati, mehnatsevarligi, yaratuvçanligi alohida e’tirof etildi. Mintaqaning oğir şaroitida, ayniqsa, ayollar kuçli ğamxörlik va kömakka muhtojligi, ular uçun imkoniyatlarni kengaytiriş zarurligiga e’tibor qaratildi.

















