2021 yilning oktabr oyi. Surxondaryoda öğirlikda gumon qilingan ikki fuqaro jinoyatni böyniga olişi uçun IIB xodimlari tomonidan qiynoqqa solinadi. Ulardan biri öziga nisbatan elektr toki qöllanganini ta’kidlagan.

“Qora paketni olib boşimga kiygizib, böğdi, nafasim qaytdi. Ulardan töğri muomala qilişlarini söradim. Xonalarida kamera yöqligini aytdim. Şundan keyin bittasi “Senga dözaxni körsataman” dedi. Qörqdim. Matoni kesib, bittasini bilagimga öraşdi, qolgani bilan közim va oyoğimni boğlaşdi. Öşa holatda polga ötqazişib, quloğimga ikkita kabelni ulaşdi. Şeriklari yelka va oyoqlarimdan bosib turdi, biri qandaydir knopkali apparat orqali tokni köpaytirib-kamaytirdi. Quloğimga ulangan tokning oğriğidan tilimni çaynab taşladim. Undayam bölmay, qöl barmoqlarimga ulaşdi. Aytganlariday, dözaxni körsatdiyam”, — deya hikoya qilib bergandi öşanda qiynoqqa solinganini aytgan Siroj Şerniyozov.

Xorazm viloyati Xazorasp tumani içki işlar boşqarmasi tezkor xodimi Dilşod Maşaripovning boşidan ötkazganlari esa undan ham dahşatliroq. U 2011 yilning 19 dekabr kuni Milliy xavfsizlik xizmati viloyat boşqarmasi xodimlari tomonidan işxonasidan jinoyatçilardek uşlab ketilgan. Dilşod Maşaripov söroq paytida inson zoti çidaşi muşkul bölgan şafqatsiz usullar bilan qiynoqqa solingan.

U öşa qiynoqlarni şunday eslagan:

“Qop-qoronği tergov xonasiga olib kirişdi. Xonadagi ikkita stul, bitta stol yerga sement bilan qotirib taşlangan. Örnidan qözğatib bölmaydi. Stol ustiga «Kiriş bor, çiqiş yöq. Bu kuningdan ölganing yaxşi!» deb öyib yozib qöyişgan. Söroq berayotgan şaxs stulga ötqazilgaç, qöllari zanjirlanadi, yerga qoqilgan zanjirlar qölingizni mahkam tortib turadi. Bahodir degan tezkor xodim vakili heç yöq be yöq peşonamga muşt tuşirdi. Aybim nima deb söragandim: «Aybing bölmasa, ayb topamiz. Jinoyatçi bölmasang, jinoyatçiga aylantiramiz», dedi. Söngra maska kiygan tört xodimga: “Buni öziga keltiringlar”, deb buyurdi. Ular meni devorga suyab, ikki qölimdan uşlab turib, dubinka bilan ura boşlaşdi. Ikki soatça azob berişdi. Hattoki, ikki qölimni tepaga boğlab, moyagimga suv solingan baklajka osib qöyişdi. Bu usulni köp marta qöllaşdi, söroq qilinayotgan şaxs oğriqdan dodlasayam, to u huşdan ketmagunça olişmaydi”.