Yangilanayotgan konstitutsiya “snos” bilan bog‘liq muammolarga to‘la barham beradi
Yangi tahrirdagi konstitutsiya loyihasining 47-moddasida hech kim sudning qarorisiz va qonunga nomuvofiq holda uy-joyidan mahrum qilinishi mumkin emasligi belgilanmoqda. Bu “snos” bilan bog‘liq muammolarga barham beradi.
Keyingi yillarda respublikada qurilish ko‘lamining ortishi “snos”lar bilan bog‘liq muammolarni yuzaga keltirdi: fuqarolarning davlat ehtiyojlari uchun, deya olib qo‘yilgan hovlilari o‘rnida ko‘p qavatli uylar tiklandi. Ammo uyi buzilgan fuqarolarning barchasi ham to‘liq rozi qilinmadi, qurilish sabab kimlarningdir uyiga yetkazilgan zararlar qoplab berilmadi. Vaziyat shu darajaga yetib bordiki, quruvchilar va fuqarolar o‘rtasidagi ziddiyat janjalga aylana boshladi.
Bu voqealar konstitutsiyaga “snos” muammosiga barham berish bilan bog‘liq norma kiritish zarurligini ko‘ratib bergandi.
Yangi tahrirdagi konstitutsiyaning 47-moddasida aynan “snos” muammosining yechimi belgilab qo‘yildi. Unga ko‘ra, endilikda hech kim sudning qarorisiz va qonunga nomuvofiq holda uy-joyidan mahrum qilinishi mumkin emas.
Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi.
Moddada davlat uy-joy qurilishini rag‘batlantirishi hamda uy-joyga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratishi ham nazarda tutilgan.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20 / 17.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Putinga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga 3 kun muhlat berdi
Jahon | 00:47
-
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi KXDRni yirik hisobda yengib, Osiyo Kubogi finaliga chiqdi
Sport | 00:31
-
Kolumbiyada sariq bezgak tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
Jahon | 00:05
-
Noma’lum erkak Floridadagi universitetda otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:41 / 17.04.2025
Mavzuga oid

18:13 / 24.01.2025
Trampga uchinchi muddatga saylanishga ruxsat berish taklif etildi

17:12 / 07.12.2024
Toshkentda yana “snos” masalasi: odamlar va’da qilingan uylarni ololmayapti

21:55 / 16.07.2024
Tergovga tortilgan “zamhokim” tadbirkorlarni ta’qib qilmoqda. Unga kuch berayotgan amaldor kim?

08:51 / 11.05.2024