Toşkent va Stokholm Interpol Milliy markaziy byurolarining hamkorlikdagi harakatlari hamda Lion şahrida ötkazilgan Milliy markaziy byurolar rahbarlarining yillik konferensiya davomidagi uçraşuvlar natijasida Şvetsiyadan birinçi marta qidiruvdagi şaxs Özbekistonga ekstraditsiya qilindi.

Qidirilayotgan şaxs noqonuniy boyiş maqsadida bir guruh şaxslar bilan til biriktirib, puxta öylangan rejaga muvofiq, tegişli hujjatlarni qalbakilaştiriş orqali köçmas mulkni sotiş bilan şuğullangan va özining uşbu harakatlari orqali katta moddiy zarar yetkazgan.

Olingan ma’lumotlarga köra, u Yevropa Ittifoqi mamlakatlari hududida yaşiringan, ammo tezkor-qidiruv tadbirlari davomida qidiruvdagi şaxs Şvetsiya hududida aniqlangan va hibsga olingan.

Özbekiston Boş prokuraturasining ekstraditsiya töğrisidagi iltimosnomasi qanoatlantirilganidan söng uşbu şaxs Interpol MMB xodimlari hamrohligida Özbekistonga olib kelindi.