Rossiyaning Ukrainaga qarşi keng kölamli uruşi boşlanganidan beri u «Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuçlarini obrösizlantirişga qaratilgan axborot kampaniyasida faol iştirok etdi», deb yozadi Rossiya mahkamasi Telegram’da. 

Şuningdek, «KrymSOS»ning bildirilgan maqsadlari Ukraina Qrimini deokkupatsiya va reintegratsiya qiliş, şuningdek, uning Ukrainaga qaytişini ta’minlaşdan iboratligi qayd etilgan. 

Bu maqsadlar «Rossiya Federatsiyasining hududiy yaxlitligini buzişga qaratilgan», deb hisoblaydi Rossiya Boş prokuraturasi. 

Avvalroq Rossiya Boş prokuraturasi Transparency International xalqaro nohukumat taşkilotining faoliyatini Rossiya hududida nomaqbul deb tan olişga qaror qilgandi. Nazorat qiluvçi organ saytida 6 mart kuni e’lon qilingan xabarda ta’kidlanganidek, «ştab-kvartirasi Berlinda joylaşgan, xorijiy davlatlar fuqarolari boşçiligidagi taşkilot faoliyati... e’lon qilingan maqsad va vazifalardan yaqqol çetga çiqib ketmoqda».

«Butun dunyo böylab korrupsiyaga qarşi kuraşuvçi taşkilot sifatida rasman harakat qilib, Rossiya Federatsiyasining içki işlariga aralaşyapti, bu esa Rossiyaning konstitutsiyaviy tuzumi asoslari va xavfsizligiga tahdid soladi», deb ma’lum qildi prokuratura. Mahkama da’volarning mohiyati haqida heç qanday izoh bermagan va «nomaqbul»lar röyxatiga kiritiş sabablarini tuşuntiruvçi boşqa ma’lumotlarni keltirmagan.

Transparency International korrupsiyaga qarşi kuraşuvçi va butun dunyo böylab korrupsiya darajasini örganuvçi nodavlat xalqaro taşkilotdir. U 1993 yilda Jahon bankining Şarqiy Afrika böyiça sobiq direktori Piter Eygen tomonidan Berlinda taşkil etilgan. Bugungi kunga qadar Transparency International filiallari dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida faoliyat yuritmoqda.