Uning aniqlik kiritişiça, Şimoliy Makedoniya Boş ştabi bu foydalanişdan olib qöyilgan vertolyotlarni Kiyevga topşiriş böyiça kelişib olgan hamda bu masala 29 mart, çorşanba kungi hukumat majlisiga taqdim etiladi.
Avvalroq Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok Şimoliy Makedoniyadagi hamkasbi Buyar Usmoniy bilan birgalikda Haagadagi Xalqaro sud (XJS) tomonidan Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga oliş uçun çiqarilgan orderni qöllab-quvvatlagan.
«Heç kim Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Nizomidan, xalqaro humanitar huquqdan ustun emas, heç kim jazosiz uruş jinoyatlarini, insoniyatga qarşi jinoyatlarni sodir eta olmaydi», dedi Berbok Skopega taşrifi çoğida. «Şuning uçun biz hozir hibsga oliş orderi böyiça Xalqaro jinoiy sudni qöllab-quvvatlamoqdamiz», deya qöşimça qildi u. Avvalroq Germaniya kansleri Olaf Şols ham xuddi şunday bayonot bergan edi. «Heç kim huquq va qonundan ustun turolmaydi», dedi u.


















