Soğliqni saqlaş vazirining tegişli buyruği bilan tibbiyot fanlari nomzodi Maqsud Arifoviç Saidov Bolalar milliy tibbiyot markazi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
1986 yilda tuğilgan M.Saidov Samarqand davlat tibbiyot institutini tamomlagaç, Rossiyaning akademik A.N.Bakulev nomidagi yurak-qon tomir jarrohligi milliy tibbiyot markazida klinik ordinatura böyiça tahsil olgan.
2015 yildan 2018 yilgaça uşbu nufuzli tibbiyot markazida vraç-kardioxirurg sifatida faoliyat olib borgan. Şuningdek, Germaniya va Belarusning yetakçi klinikalarida malaka oşirgan.
2018 yilda Özbekistonga qaytib, Samarqand viloyat bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazi bolalar kardioxirurgiyasi bölimi mudiri sifatida iş boşlagan.
«Bir neça xorijiy tilda erkin muloqot qila oladigan M.Saidov 2020 yildan beri Respublika ixtisoslaştirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyat filiali direktori vazifasida işlab kelayotgan edi», deyiladi vazirlik xabarida.

















