«Belarus buni baribir töxtata oladi, bu ularning ixtiyori. YeI keyingi sanksiyalar bilan javob berişga tayyor», — deb yozdi u Twitter'da.
Borrelning sözlariga köra, Rossiya yadro qurolining Belarusda joylaştirilişi «mas’uliyatsiz keskinlaşuv va Yevropa xavfsizligiga tahdid» degan ma’noni anglatadi.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat telekanali xodimi Pavel Zarubinga intervyu berdi. Suhbat davomida Putin Belarus hududida Rossiya yadro qurollari joylaştirilişi haqida gapirdi.
«Aleksandr Lukaşenko ançadan buyon Belarus hududiga yadroviy taktik qurollarni joylaştiriş masalasini kötarib keladi. Bunda noodatiy nimadir yöq deb öylayman. Bu, aytaylik, AQŞ 10 yillardan buyon qilib yurgan iş. Xotiram pand bermayotgan bölsa, amerikaliklar NATOdagi ittifoqçilari bölgan olti davlat hududiga bunday qurollarni joylaştirgan. Bular Germaniya, Turkiya, Belgiya, Italiya, Niderlandiya va Gretsiya. Töğri, Gretsiyada hozir yöq, lekin u yerda ombor mavjud.
Lukaşenko menga «Axir biz yaqin ittifoqçi bölsak, amerikaliklar bunday qurollarni ittifoqçilari hududiga joylaştirib yotibdi» deb aytdi. Va biz ham şunday qilişga kelişib oldik. Belarusdagi ittifoqçilarimizga samolyotlarini qayta jihozlarga yordam berdik. Hozirda Belarus harbiy havo kuçlarining 10 ta samolyoti yadro qurolini qöllaşga tayyor. Bundan taşqari, Belarusga yadro taşuvçi vazifasini bajara oluvçi «Iskander» raketa tizimlaridan berganmiz. 3 apreldan ekipajni tayyorlaşni boşlaymiz, 1 iyulda esa taktik yadro qurolini saqlovçi omborni qurib bitkazamiz».

















