27 mart, duşanba kuni Bryusselda bölib ötgan brifingda Yevropa Ittifoqi taşqi işlar xizmati matbuot kotibi Peter Stanoning ma’lum qilişiça, Rossiyaning Belarusda taktik yadro qurolini joylaştirişi «yanada keskinlaşuv va Yevropa xavfsizligiga töğridan töğri tahdid böladi». «Biz Belarus tomonidan bu kun tartibida ekanligi yoki sodir bölişi borasida tasdiqlovni körmadik. Lekin bu sodir böladigan bölsa, albatta, oqibatlari ham böladi», - dedi u. 

Stano Rossiya prezidenti Vladimir Putinning bayonotiga «bu şafqatsiz noqonuniy tajovuzga allaqaçon şerik bölgan» Aleksandr Lukaşenko rejimining munosabatini kutişga çaqirdi. 

Bungaça Yevropa Ittifoqi boş diplomati Jozep Borrel, agar Moskva Belarus hududiga taktik yadro qurolini joylaştirsa, Bryussel yangi sanksiyalar joriy etişga tayyorligi haqida ogohlantirgan edi. «Belarus hali buni töxtata oladi, bu ularning tanlovi», — deb yozdi u Twitter’da. 

Peter Stano brifingda bunday harakat YeI mamlakatlari tomonidan javobsiz qolmasligini tasdiqladi, lekin sanksiyalarni YeI Kengaşi tomonidan qabul qilinişidan oldin muhokama etişdan boş tortdi, çunki bu tartib qat’iy maxfiy hisoblanadi. 

«Biz har qanday ssenariyga tayyormiz va mojaro avj olgani sari bu tayyorgarliklarni (sanksiyalarni) körib çiqamiz. Sanksiya böyiça har bir qaror aniq voqealar bilan boğliq. Şu tariqa, ular, albatta, yangi özgarişlar va keskinlaşuvlarni hisobga oladi hamda şunga mos ravişda moslaştiriladi», deya aniqlik kiritdi Peter Stano. 

Hozir Yevropa Ittifoqi davlatlari fevral oyida Yevropa komissiyasi tomonidan taklif etilgan Belarusdagi rejimga qarşi yangi sanksiyalar paketini körib çiqmoqda.