Qörğontepa tumanining Birlaşgan qişloğidagi hamda Jalaquduq tumanining Yorqişloq qişloğidagi 10 ga yaqin fermer xöjalik maydonlariga suv berilmayapti. 700 gektarga yaqin maydondagi ğalla hali biror marta suv içmagani aytilmoqda. Fermerlarning ta’kidlaşiça, bu nafaqat hosildorlikning pasayişiga, balki şunça maydondagi ğallaning umuman nobud bölişiga ham olib kelişi mumkin.

“25 gektar maydonga ğalla ekkanmiz. Şundan 20 gektarga yaqini uruğ qadalganidan beri, kuzda ham, bahorda ham umuman suğorilmadi. Qor va yomğir bilan unib çiqqan ğalla bir qariç böy çözib, qotib qoldi. Aslida, normal holatda ösgan buğdoy mart oyining oxiri va aprel boşlarida boşoq çiqarişni boşlaydi. Bizning ğallamiz esa hali böy ololmayapti. Tuman va viloyatdagi tegişli mas’ullarga bir neça bor murojaat qildik, e’tibor ham berişmayapti”, — deydi Qörğontepa tumanidagi “Xöjamberdi Tursinoy” fermer xöjaligi iş boşqaruvçisi Hotamjon Xöjamberdiyev.

Fermerlarga köra, kuzda hududdagi soy ta’mirlangani sababli suv bölmagan. Bahorda esa mas’ullar soyda suv yöqligini rökaç qilişgan. Ayni paytda soyda suv bor, ammo Savay kanalidagi nasos agregatlari işlatilmayapti. Nasoslar kiçik quvvatda ma’lum muddat işlatilgan va yana töxtatib qöyilgan.

Kun.uz muxbiri holat yuzasidan Jalaquduq tumani irrigatsiya bölimi boşliği Ma’murjon Rözimatov bilan suhbatlaşdi. Uning bildirişiça, agregatlar soz holatda.

“Suv berilmayotganligiga sabab elektr energiyasi bilan boğliq. Mazkur nasos stansiyasida 6 ta agregat mavjud. Bu yerda mart oyi uçun berilgan elektr energiya limiti işlatib bölingan. Hozirda muammoni hal qiliş çoralari körilyapti. Ertaga ertalab agregatlar işga tuşadi va fermerlarga suv yetkazib beriladi”, — deydi Ma’murjon Rözimatov.

Suğorilmayotgan hududlarda ğalla hosildorligi 40-60 sentnerni taşkil etadi. Agar 700 gektardagi ğalla nobud bölsa, bu örtaça 3 ming tonnadan ortiq hosil yöqqa çiqadi degani.