B guruhi

Irlandiya sensatsiya körsatişiga bir baxya qoldi

Irlandiya — Fransiya 0:1
Gol: Pavar (50). 
Irlandiya – Bazunu, Koulmen, Igan, ÖŞi (Braun, 78), Kollinz, Doerti (Makkleyn, 77), Kallen, Molambi (Obafemi, 86), Nayt (Jonston, 77), Ogbene, Fergyuson (Ida, 65).
Fransiya – Menyan, Pavar (Kunde, 81), Upamekano, Konate, Ernandes, Rabo (Tçuameni, 81), Kamavinga, Jiru (Diabi, 65), Grizmann, Mbappe, Kolo-Muani (M.Tyuram, 90+2).

Birinçi turni ötkazib yuborgan Irlandiya jaho vitse-çempionlariga muammo tuğdira olişi avvaldan kutilgandi. Töğri, Dide Deşamning ham öz rejalari bor edi va Dublinda u öta hujumkor sxema tanladi, unda Kolo Muaniga ham, avvalgi turda dam berilib, faqat öyin oxirida maydonga tuşirilgan Jiruga ham boşlanğiç tarkibdan joy topildi. Ammo «yaşil libosli yigitlar» niderlandlarning xatolaridan saboq çiqargan holda Fransiyaga böş hududlar qoldirişmadi va birinçi bölimda yodda qolarli vaziyatning özi bölmadi.

Öz jamoasi forvardlarining ilojsizligini körgan himoyaçi Pavar esa taşabbusni öz qöliga olişga qaror qildi. U pressingga qöşilib, töpni egallab oldi va jarima maydoni taşqarisidan kuçli zarba yölladi, töp rikoşet orqali darvoza tösini ostidan borib tuşdi. Aftidan, 2018 yilgi jahon çempionatining eng çiroyli goli muallifi oddiy gol ura olmaydi. Şunisi e’tiborliki, mehmonlarning şu kuni darvoza sohasiga aniq yöllagan uçta aniq zarbasidan birinçisi va xavflisi bölgan şu zarba jamoaga ğalaba keltirdi.

Şu bilan birga, kimni öyinning eng yaxşi futbolçisi deb topiş bahsli masala bölib qoldi — Pavarnimi yoki final huştagi çalinişi arafasida möjiza körsatgan Menyanni? Avvaliga uşbu darvozabon Kunde avtogol muallifiga aylanişiga yöl qöymay, darvoza tösini ostiga kirib ketayogan töpni qaytardi. Keyin esa töp burçakdan öyinga kiritilganida aql bovar qilmas seyv ijro etdi.

Kollinz zarbadan keyin golni nişonlaşga tayyor edi, ammo Menyan yuqori burçakka yöl olgan töpni olib çiqqanida boşini çangallab qoldi.

Niderlandiya — Gibraltar 3:0