Özbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar (“Özbekkosmos”) agentligi va Polşaning Creotech Instrumens SA kompaniyasi vakillari örtasida videomuloqot taşkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Videomuloqot çoğida Özbekistonning Varşavadagi elçisi Bahrom Boboyev, “Özbekkosmos” agentligining departamenti direktori Ismoil Rasulov, Polşa tomonidan Creotech Instrumens SA kompaniyasi vitse-prezidenti Yatsek Kozek iştirok etdi. Onlayn uçraşuvda Creotech Instrumens SA kompaniyasining taqdimoti doirasida kompaniyaning iş tajribasi hamda mavjud texnologiyalari va işlab çiqilgan loyihalari körib çiqildi.
“Özbekkosmos» agentligi tomonidan ham taqdimot ötkazildi. Unda Özbekiston kosmik sohasining kun tartibi, kosmik infratuzilmani rivojlantiriş doirasidagi milliy ehtiyojlar, işlab çiqilgan hamda rejalaştirilayotgan loyihalar muhokama etildi.
Uçraşuv yakunida ikki tomonlama muzokaralarni davom ettiriş maqsadida joriy yil 25 - 27 aprel kunlari Toşkentda ötkaziladigan Koinot texnologiyalari konferensiyasida iştirok etiş uçun Creotech Instrumens SA kompaniyasi delegatsiyasining Özbekistonga safarini taşkil etiş hamda tegişli hamkorlik memorandumi va “Yöl xaritasi”ni imzolaş yuzasidan kelişuvlarga erişildi.
Creotech Instrumens SA – Polşada sun’iy yöldoş tizimlari va komponentlari işlab çiqaruvçi, kvant kompyuterlarini boşqariş tizimlari uçun ilğor elektronika, uçuvçisiz uçiş apparatlarini boşqariş tizimlari uçun qurilmalar va dasturiy ta’minotlarni yetkazib beradigan yetakçi kompaniya hisoblanadi.

















