Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Kattaqörğon tumani, Madrasa mahallasida yaşagan bir oilaning 4 nafar a’zosi gaz portlaşidan halok bölgani töğrisida xabar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
2023 yil 17 mart kuni soat 05:00 da Kattaqörğon tumani, Madrasa mahallasida yaşagan A.R. uyidagi tabiiy gazga möljallangan isitiş peçini öt oldirganidan qisqa muddatli çaqnaş kelib çiqqan.
Oqibatda, A.R, uning turmuş örtoği K.F, nabiralari I.A. hamda O.A. 50-60 foiz kuyiş jarohatlari bilan davolaniş uçun tuman tibbiyot birlaşmasiga joylaştirilgan.
2023 yil 26 mart kuni K.F. Kattaqörğon tuman tibbiyot birlaşmasida, voyaga yetmagan I.A. va O.A. RŞTYoIM Samarqand filialida vafot etgan.
2023 yil 27 mart kuni A.R. Kattaqörğon tuman tibbiyot birlaşmasida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Kattaqörğon tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tergovga qadar tekşiruv harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan, deyiladi ma’lumotda.
















