Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In yadroviy qurollar zaxirasini «geometrik progressiyada» oşiriş maqsadida işlab çiqarişni köpaytirişga buyruq berdi, deb xabar berdi Şimoliy Koreya Markaziy telegraf agentligi (KMTA) 28 mart, seşanba kuni. Bir kun avval, agentlik ma’lumotlariga köra, Kim Çen In yadro qurolini işga tuşirişga rahbarlik qilgan va KXDR Yadro qurollari institutining Şimoliy Koreya yadroviy qurolli kuçlarini sifat va miqdor jihatdan mustahkamlaş borasidagi yutuqlar töğrisidagi hisobotini tinglagan.

U yadro qurolidan istalgan vaqtda va istalgan joyda foydalanişga «ideal» tayyor bölişga çaqirdi, şuningdek, «duşmanlarni qörqitiş» va KXDR hukumati, tizimi va xalqini himoya qilişi uçun «yadroviy kuçlarni doimiy ravişda kuçaytiriş» zarurligini ta’kidladi.

Kim Çen Inning ta’kidlaşiça, Pxenyan yadro quroli boşqa davlatlarga qarşi yönaltirilmagan, mamlakat yadroviy kuçlarining «duşmani» uruşning özi va umuman, yadroviy falokatdir, KXDR rasmiylari mintaqada tinçlik va barqarorlik örnatilişiga intiladi. 

KXDR yaqinda yadroviy qurol tizimlarini sinovdan ötkaziş böyiça bir qança maşğulotlar ötkazdi. Xususan, 25—27 mart kunlari yadroviy kallakni olib yurişga qodir bölgan yangi tipdagi suvosti droni, Pxenyanga köra, «yadroviy suvosti hujumkor qayiği»ning ikkinçi sinovi ötkazildi. 

27 mart kuni havoda yadro portlaşi modelini işlab çiqiş uçun ikkita taktik «yer-yer» ballistik raketalari ham sinovdan ötkazildi.