Germaniya qurolli kuçlari Termiz aeroportida xavfsizlik va kuzatuv texnologiyalarini yangilaş uçun 1 million yevrodan ortiq mablağ ajratdi.
 
Germaniya qurolli kuçlari Termiz aeroportida xavfsizlik va kuzatuv texnologiyasi xalqaro aviatsiya standartlariga mos ravişda yangilanişini moliyalaştirdi. Bu haqda Germaniyaning Özbekistondagi elçixonasining Telegram-kanalida xabar berildi.

Uşbu texnologiyalar tösiqning 12 kmdan ortiq perimetri böylab, şuningdek, aeroportdagi operatsion markazda örnatildi. Ular uçun 1 million yevrodan ortiq mablağ ajratildi.

«Uşbu hafta Germaniyaning Toşkentdagi elçixonasi harbiy attaşesi aeroportdagi montaj işlarining yakunlanişini şaxsan körişga muvaffaq böldi, — deyiladi elçixona xabarida. – Termiz xalqaro aeroportini modernizatsiya qiliş böyiça olib borilayotgan işlar bizda katta taassurot qoldirdi va bunga samarali hissa qöşganimizdan mamnunmiz». 

Elçixona ma’lumotlariga köra, 2002—2015 yillarda Germaniya qurolli kuçlari Afğonistondagi xalqaro missiyasi doirasida Termiz aeroportidan havo transporti uçun strategik markaz sifatida foydalangan.

«Ammo Germaniya qurolli kuçlari olib çiqib ketilganidan keyin ham biz zamonaviy xalqaro tijorat aeroportiga aylanişi yölida uşbu aeroport bilan çambarças boğliqmiz», — deyiladi xabarda.