Xalqaro konferensiya Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalaştiriladigan “Switch Asia” dasturi, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi kömagida “Markaziy Osiyoda barqaror turizm uçun model: salohiyatni yaratiş, xabardorlikni oşiriş, texnologiyalarni joriy etiş” (MOST) loyihasi doirasida taşkil etildi. Tadbirda Yevropa Ittifoqining Özbekistondagi elçisi Şarlotta Adrian xonim iştirok etdi.

Konferensiyaning tantanali oçiliş marosimida tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov kiriş sözi bilan oçib, bugungi kunda turistik sektorda yaşil texnologiyalarni qöllaş va ulardan faol foydalanişning muhimligini ta’kidlab ötdi.

“Bugungi kunda ekologik barqarorlik raqobatbardoşlikning muhim omili bölib bormoqda. Ekologik xabardorlikni oşiriş, xalqaro standartlarni joriy etiş, samarali ekologik texnologiyalarni qöllaş mamlakatda turistik tarmoqni yanada rivojlantirişning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Özbekiston prezidenti Ş.M.Mirziyoyev 2020 yil 28 sentabrdagi yiğilişda ta’kidlab ötganidek, mahsulotning sifati va raqobatbardoşligini oşiriş uçun milliy standartlarni xalqaro talablarga muvofiq darajaga keltiriş va ularni korxonalarda joriy etiş muhimdir. Agar mahsulot xalqaro standartga muvofiq bölmasa, u heç qaçon raqobatbardoş böla olmaydi”, – dedi Aziz Abduxakimov.

Öz navbatida, Yevropa Ittifoqining Özbekistondagi elçisi Şarlotta Adrian öz nutqida Özbekistonning “yaşil” iqtisodiyot böyiça milliy dasturining muhimligi va Yevropa Ittifoqining barqaror “yaşil” rivojlaniş yölida Özbekiston bilan hamkorlikda işlaşga tayyorligini ta’kidladi.

YeI Özbekistonning yaşil iqtisodiyot böyiça milliy dasturi qabul qilinişini va 2030 yilgaça “yaşil” rivojlanişni qöllab-quvvatlaydi. Uzoq istiqbolga möljallangan uşbu hujjat issiqxona gazlari çiqarilişini qisqartiriş, qayta tiklanuvçi energiyadan foydalanişni kengaytiriş va resurslardan foydalaniş samaradorligini oşirişga yönaltirilgan.

Uşbu maqsadlarni muvaffaqiyatli amalga oşiriş uçun YeI inklyuziv, özaro mos va barqaror ösiş modelini yaratiş hamda barqaror yaşil rivojlanişga intiliş ustida Özbekiston bilan özaro hamkorlikda birga işlaşga tayyorligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Ma’lumot uçun: MOST loyihasining umumiy maqsadi – Özbekiston, Tojikiston va Qozoğistonda barqaror turizmning yangi va maqbul strukturalangan modelini ilgari surişdir.

Loyihaning aniq maqsadlari: barqaror işlab çiqariş va iste’mol amaliyotini joriy etişda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari böyiça tegişli bilim va vositalarni taqdim etiş orqali Özbekiston, Tojikiston va Qozoğistondagi sayyohlik taşkilotlarini qöllab-quvvatlaş, barqaror turizmni rivojlantiriş, bu haqdagi xabardorlikni oşiriş va iste’molçilarning barqaror iste’mol töğrisidagi xabardorligini oşirişga yordam beradigan siyosatni rejalaştiriş va amalga oşirişda mintaqaviy va mahalliy hokimiyat organlarini qöllab-quvvatlaş, davlat organlari, kiçik va örta korxonalar hamda barqaror işlab çiqariş va iste’mol böyiça yakuniy foydalanuvçilar örtasida muloqotni kuçaytiriş hisoblanadi.