Reznikov şunday tanklardan birida harakatlanib körgan. Vazirning Twitter’da qöşimça qilişiça, texnikalar Ukrainaga «yaqinda yetib kelgan» va ulardan tez orada «jangovar vazifalarni» bajarişda foydalaniladi.
Oleksiy Reznikov Buyuk Britaniya boş vaziri Rişi Sunak, özining britaniyalik hamkasbi Ben Uolles va uşbu mamlakat xalqiga minnatdorçilik bildirdi.
Avvalroq Ukraina harbiy xizmatçilari Buyuk Britaniyada Challenger 2 tanklarini boşqariş böyiça öquv maşğulotlarini yakunlab, Ukrainaga qaytişgandi.
Yanvar oyida Buyuk Britaniya boş vaziri Rişi Sunak Kiyevga uşbu turdagi 14 ta harbiy maşinani topşiriş niyatida ekanligini ma’lum qilgan edi, öşa oyda Ukraina harbiylari qirollikka maşğulotlar uçun kelgan.

















