Uning sözlariga köra, ösiş mart oyining oxiridan boşlanadi. Bunday snaryadlar nemis PzH 2000 öziyurar artilleriya moslamalari (ÖAM) va fransuz CAESAR ÖAMda foydalaniş uçun mos tuşadi.

Yevropa Ittifoqi davlatlari yaqin 12 oy içida bir yildan ortiq vaqt davomida Rossiyaning keng kölamli bosqinidan özini himoya qilib kelayotgan Ukrainaga bir million yangi artilleriya snaryadlarini yetkazib beriş niyatida. Bu haqda 20 mart kuni Yevropa Ittifoqi taşqi işlar vazirlarining Bryusseldagi yiğilişida iştirok etayotgan bir neça diplomatlarga tayanib, dpa agentligi xabar berdi.

Öz navbatida, AFP öz manbalariga tayanib, Yevroittifoq kengaşi yiğilişida Ukraina uçun 2 milliard yevroga öq-dorilar sotib oliş rejasi kelişilganini yozdi. Agentlikning ta’kidlaşiça, Yevropa Ittifoqi davlatlari snaryadlarni birgalikda yetkazib beriş böyiça prinsipial ravişda kelişib oldilar. 

Yevropa Ittifoqining maqsadi bu yil Ukrainaga 1 million 155 millimetrli artilleriya snaryadlarini yuboriş. Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel YeIga a’zo davlatlarni öz zaxiralaridan snaryadlar bilan ta’minlaşga undaş uçun 1 milliard yevro ajratiş taklifi ma’qullanişiga erişmoqçi. Yana 1 milliard yevro yangi buyurtmalarni tezlaştiriş va davlatlarni Yevropa mudofaa agentligi orqali yoki kiçik guruhlarda xaridlar böyiça birgalikda işlaşga undaş uçun işlatiladi.