28 mart, seşanba kuni Turkiyadagi uç muxolifat partiyasi vakillari Oliy saylov komissiyasiga amaldagi prezident Rajab Toyyib Erdöğanni may oyida bölib ötadigan prezidentlik saylovlari uçun nomzodlar röyxatidan çiqarib taşlaşni talab qilib, ariza topşirdi.
Uning nomzodi konstitutsiyaga ziddir, çunki "Yaxşi partiya", "Demokratiya va yutuq" partiyasi hamda "Vatan partiyasi"ga köra, Erdöğan allaqaçon ikki marta prezident etib saylangan. 2014 va 2018 yillardagi prezidentlik saylovlarida ğalaba qozongan Erdöğan Turkiya parlamenti muddatidan oldin saylovlar e’lon qilgan taqdirdagina uçinçi marta nomzodini qöyiş huquqiga ega böladi, deya ta’kidlaydi muxolifatçilar. Ammo 14 may kuni bölib ötadigan ovoz beriş prezident farmoni bilan belgilandi.
Öz navbatida, hukmron "Adolat va taraqqiyot" partiyasi spikeri Ömer Çelik 28 mart kuni Erdöğanning saylovlarda iştirok etişiga heç qanday tösiq yöqligini aytdi. Unga köra, 2018 yilda konstitutsiya özgartirilgandan söng u birinçi marta yangi prezidentlik tizimida saylangan, şu bois uning avvalgi prezidentlik muddati hisobga olinmagan. Konstitutsiyaviy huquq sohasidagi turkiyalik ekspertlar qonun normalari Erdöğanga yana nomzodini qöyişga imkon beradimi yoki yöqmi, bu borada bir fikrga kela olmayapti. Bu yilgi saylovlarda Turkiya prezidentligiga nomzodlarning yakuniy röyxati 31 mart kuni e’lon qilinişi kutilmoqda.


















