2035 yildan boşlab Yevropa Ittifoqida benzin yoki dizel yonilğisi bilan töldiriladigan yangi avtomobillarni işlab çiqariş va röyxatdan ötkaziş mumkin bölmaydi. Tegişli taqiq 28 mart, seşanba kuni Bryusselda Yevropa Ittifoqi vazirlar kengaşi tomonidan Germaniya bir neça haftalik maslahatlaşuvlardan söng uşbu taşabbusni qöllab-quvvatlaşga rozi bölganidan söng qabul qilindi.

Şu bilan birga, Berlin uglerodsiz sintetik yonilği vositalari (e-fuel) uçun istisno bölişini ta’kidladi: içki yonuv dvigatellari (IYoD) bölgan bunday transport vositalari keyin ham röyxatga olinişi mumkin.

Yevropa Komissiyasi vitse-prezidenti Frans Timmermans kelişuvni olqişlab, uni «emissiyasiz harakatlaniş yölidagi muhim qadam» deb atadi. Germaniya atrof-muhit vaziri Steffi Lemke, öz navbatida, bu harakat «avtomobil sanoatiga rejalaştiriş uçun kerak bölgan işonçni beradi», dedi. Şu bilan birga, u sintetik yonilğida işlaydigan avtomobillarga nisbatan elektromobillarning afzalligini ta’kidladi.