Nyu-York hakamlar hay’ati Trampga ayblov qo‘yishni yoqlab ovoz berdi
Donald Tramp AQShning sudda rasman ayblanadigan birinchi sobiq prezidentiga aylandi. Bu aktrisa Stormi Daniyelsga sukut uchun pul to‘lash bilan bog‘liq.

Foto: Reuters
Nyu-Yorkdagi katta hakamlar hay’ati sobiq aktrisa Stormi Daniyelsga jim bo‘lish uchun pul to‘lash ishining bir qismi sifatida AQSh sobiq prezidenti Donald Trampga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atish uchun ovoz berdi. Manhetten okrugi prokurori Alvin Braggning 31 mart, juma kuni Twitter'da e’lon qilgan bayonotiga ko‘ra, prokurorlar Trampning advokati bilan bog‘lanib, uni tuman prokuraturasiga kelishini muvofiqlashtirgan.
Prokuror qo‘shimcha ma’lumotni ayblov qo‘yish muddati belgilanganidan keyin berishga va’da qildi. The New York Times gazetasining yozishicha, yaqin kunlarda ayblov e’lon qilinadi. AQSh sobiq prezidentiga qanday ayblovlar qo‘yilishi hozircha ma’lum qilinmagan.
Amerikaning CNN va NBC telekanallari siyosatchining advokati Jo Takopinaga tayanib, Tramp kelasi hafta sudga kelishi mumkinligini xabar qilmoqda. Bu AQSh tarixida birinchi marta mamlakatning amaldagi yoki sobiq prezidentiga jinoiy ayblov qo‘yilishidir.
Manhetten okrugi prokuraturasi sobiq prezidentga 2006 yilda Tramp bilan yaqin munosabatda bo‘lganini da’vo qilgan aktrisa Stormi Daniyelsga pul to‘lash sxemasidagi roli bo‘yicha tergov o‘tkazmoqda. 2016 yilgi prezidentlik saylovlaridan biroz oldin Daniyels kelishuv doirasida Trampning advokatlaridan 130 ming dollar olgan.
Mavzuga oid

18:25
Xominaiy agar AQSh harbiy mojaroga aralashsa «muqarrar javob» bilan tahdid qildi

15:00
Hegset: AQSh NATOga sodiq qoladi, lekin ittifoqchilardan ko‘proq xarajatlarni kutadi

12:30
AQShda Rossiyaga bosim strategiyalari bo‘yicha ishchi guruh tarqatib yuborildi

11:30