Koronavirusga qarşi qattiq çeklovlar olib taşlanganidan keyin Xitoy iqtisodiyoti tiklanişda davom etmoqda, biroq uning sur’ati sekinlaşdi: mart oyida sanoat korxonalari sohasida xarid böyiça menejyerlar indeksi (PMI) 52,9 punktdan 51,9 punktga tuşdi. Bu ma’lumot 31 mart, juma kuni Xitoy Xalq Respublikasi Davlat statistika boşqarmasi tomonidan e’lon qilindi. Mutaxassislar yanada sezilarli pasayişni prognoz qilyapti. 

«Xitoyning işlab çiqariş sektori ketma-ket uç oy davomida kengayiş oraliğida böldi, bu mamlakat iqtisodiyotining barqaror tiklanişidan dalolat beradi», - deya ta’kidlaydi Xitoyning «Sinxua» axborot agentligi. 

Mamlakatda işlab çiqariş va operatsion faoliyatni rivojlantiriş istiqbollari indeksi 55,5 ni taşkil etdi. 

Şu bilan birga, işlab çiqarişdan taşqari tarmoqlarda xarid menejyerlari indeksi (PMI) mart oyida fevral oyiga nisbatan 1,9 punktga oşib, 58,2 punktga yetdi. Xitoyning uşbu sohalardagi mart PMI körsatkiçi 2011 yil may oyidan beri eng yuqorisi böldi. 

50 punktdan yuqori bölgan PMI körsatkiçi sanoatdagi ösişni körsatadi, 50 punktdan past körsatkiçlar esa faoliyatning qisqarişini bildiradi. 

2022 yilda Xitoy iqtisodiyoti COVID-19’ga nisbatan «nol toqatlik» siyosati va u bilan boğliq qat’iy çeklovçi çoralarning salbiy oqibatlarini his qildi. Dekabr oyida mamlakat hukumati bu siyosatdan voz keçdi. Natijada, 2023 yil yanvar oyida xarid menejyerlari indeksi sezilarli ösişni körsatdi. Xalqaro valuta jamğarmasi (XVJ) Xitoy yalpi içki mahsuloti 2023 yilda 5,2 foizga ösişini prognoz qilmoqda.