Xorazm viloyati Urganç şahridagi 1-oilaviy mehribonlik uyining voyaga yetmagan uç nafar tarbiyalanuvçisi oylar davomida jinsiy aloqaga majburlab kelingani va jinoyatçilarga ozodlikdan mahrum etiş bilan boğliq bölmagan jazo tayinlangani jamoatçilikni junbişga keltirdi. Rasmiy idoralar hodisa yuzasidan bayonotlar bilan çiqmoqda.
“Oliy sudga kassatsiya tartibida protest yoki şikoyat kelib tuşmagan”
Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov avvalroq Kun.uz söroviga javoban iş yopiq sudda körilganini vaj qilib, tafsilotlar oçiqlanmasligi, qonun bunga yöl qöymasligini bildirgan edi. Lekin u voqea ijtimoiy tarmoqlarda katta rezonans berişi ortidan rasmiy ma’lumot e’lon qildi.
Ma’lum bölişiça, jinoyat işlari böyiça Xiva tuman sudining 2022 yil 6 sentabrdagi hukmiga köra:
Yu.X. (1979 yilda Urganç şahrida tuğilgan, Xorazm viloyati Xalq ta’lim boşqarmasiga qaraşli Urganç şahridagi 1-sonli oilaviy bolalar uyi rahbari bölgan) Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 3-qismi “a” bandi, 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) 2-qismi “g” bandi va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilib, unga 1 yilga muayyan huquqdan, ya’ni davlat iştirokidagi korxona, taşkilot, muassasalarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan boğliq vazifalarda işlaş huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
A.M. (1979 yilda Nukus şahrida tuğilgan, Xorazm viloyati Adliya boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan) va A.Q. (1984 yilda Yangiariq tumanida tuğilgan, Yangiariq tumani Favqulodda vaziyatlar bölimi boşliği lavozimida işlagan) Jinoyat kodeksining 128-moddasi (16 yoşga tölmagan şaxs bilan jinsiy aloqa qiliş) 1-qismi va Jinoyat kodeksining eski tahrirdagi 128-1-moddasi (16 yoşdan 18 yoşgaça bölgan şaxs bilan moddiy qimmatliklar beriş yoxud mulkiy manfaatdor etiş orqali jinsiy aloqa qiliş)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda

















