Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda tornado qurbonlari soni 32 kishiga yetdi
AQSh Milliy ob-havo xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 31 martdan beri mamlakatda 80 dan ortiq tornado qayd etilgan.
AQShning janubiy va o‘rta-g‘arbiy shtatlarida kuchli bo‘ron va tornado qurbonlari soni kamida 32 kishiga yetdi. Bu haqda 2 aprel, yakshanba kuni Reuters agentligi xabar berdi.
Memfisda kuchli shamol bir necha uydagi daraxtlarni qulatganidan so‘ng ikki bola va bir katta yoshli fuqaro o‘lik holda topildi, deya xabar beradi Tennessi politsiyasi. Makneyri okrugida yana ikki shtat fuqarosi vafot etdi. Shanba kuni Tennessi shtatida yettita o‘lim haqida xabar berilgan.
Indianada mahalliy tabiiy resurslar departamenti milliy bog‘dagi lagerda ikki kishi halok bo‘lganini aytdi. Avvalroq Arkanzas, Illinoys, Delaver, Missisipi va Alabama shtatlarida bo‘ron bilan bog‘liq yana 15 kishi halok bo‘lgani xabar qilingan edi. O‘nlab odamlar jarohatlangan, minglab uylar vayron bo‘lgan.
AQSh prezidenti Jo Bayden 2 aprel kuni Arkanzasda «katta falokat» haqida e’lon qilib, federal budjetdan yordam uchun mablag‘ ajratishni buyurdi.
AQSh Milliy ob-havo xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 31 martdan beri mamlakatda 80 dan ortiq tornado qayd etilgan.
Mavzuga oid
10:20
AQSh va Eron yana zarbalar almashdi. Eronda 3 kishi halok bo‘ldi
18:19 / 08.07.2026
AQShda tor xonada bir necha yil saqlangan 16 bola topildi
15:08 / 08.07.2026
Tramp: Eron bilan tuzilgan muvaqqat kelishuv «tugadi»
13:28 / 08.07.2026