Daniya va Norvegiya Mudofaa vazirliklari birgalikda Ukrainaga 8000 dona 155 millimetrli artilleriya snaryadlarini topşirişga kelişib oldi, deb xabar berdi Daniya Mudofaa vazirligi.
Qayd etilişiça, ikki davlat tomonidan işlab çiqarilgan butlovçi qismlardan öq-dorilarni yiğiş keyinçalik Ukraina tomoniga ötkaziş uçun Daniyada amalga oşiriladi.
«Ukrainaliklar Rossiyaga qarşi ozodlik uçun kuraşda hali ham katta hajmda va şoşilinç öq-dorilarga muhtoj. Daniya boşqa Yevropa Ittifoqi va NATO davlatlari bilan birgalikda turli harbiy yordamni faol tayyorlamoqda. Muhim misol, Norvegiya bilan hamkorligimizdir», - dedi Daniya mudofaa vaziri vazifasini bajaruvçi Troels Lund Poulsen.
Snaryadlarni işlab çiqariş va yetkazib beriş muddati körsatilmagan. Ammo ta’kidlanişiça, öq-dorilar CAESAR öziyurar artilleriya moslamalari (ÖAM) uçun mos keladi, uni Ukrainaga beğaraz tarzda yetkazib beriş Daniya parlamenti tomonidan yil boşida ma’qullangan.
«Snaryadlar tizimlar bilan birga uzatilişi kutilmoqda», — deyiladi Mudofaa vazirligi bayonotida.
Avvalroq Fransiya Ukrainaga yetkazib berilayotgan 155 millimetrli snaryadlar sonini ikki barobarga oşirib, oyiga 2000 tagaça yetkazişi xabar berilgandi. Bu haqda Fransiya mudofaa vaziri Sebastyan Lekornu Le Figaro gazetasiga bergan intervyusida aytib ötdi.
Uning sözlariga köra, ösiş mart oyining oxiridan boşlandi. Bunday snaryadlar nemis PzH 2000 öziyurar artilleriya moslamalari (ÖAM) va fransuz CAESAR ÖAMda foydalaniş uçun mos tuşadi.
Yevropa Ittifoqi davlatlari yaqin 12 oy içida bir yildan ortiq vaqt davomida Rossiyaning keng kölamli bosqinidan özini himoya qilib kelayotgan Ukrainaga bir million yangi artilleriya snaryadlarini yetkazib beriş niyatida. Bu haqda 20 mart kuni Yevropa Ittifoqi taşqi işlar vazirlarining Bryusseldagi yiğilişida iştirok etayotgan bir neça diplomatlarga tayanib, dpa agentligi xabar berdi.
Öz navbatida, AFP öz manbalariga tayanib, Yevroittifoq kengaşi yiğilişida Ukraina uçun 2 milliard yevroga öq-dorilar sotib oliş rejasi kelişilganini yozdi. Agentlikning ta’kidlaşiça, Yevropa Ittifoqi davlatlari snaryadlarni birgalikda yetkazib beriş böyiça prinsipial ravişda kelişib oldilar.

















