Ukraina eski sovet MiG-29 samolyotlaridan foydalanmoqda. Bu samolyotlar resursi tugaganda ular qanday uruşadi? Foto: Getty Images

Ğarb qiruvçi uçoqlari ijtimoiy tarmoqlardagi Ukraina QKning bölajak keng miqyosli operatsiyalaridan çöçib turgan rossiyaparast şarhlovçilar uçun ham çinakam olaböji bölib turibdi.

Biroq, Ukraina va Ğarbda ham Rossiya aviatsiyasidan çöçiş hissi bor.

Samolyotlar köpçilik uçun uruşning borişini «hal qiluvçi vosita», möjizaviy qurol sifatida körinişi mumkin. Bunday deyiş uçun asoslar ham bor. Yangi tarixda samolyotlar hal qiluvçi rolni öynagan uruşlar ham bölgan.

Masalan, 1991 yilning 27 fevralida Amerika aviatsiyasi Kuvaytdan çekinayotgan Iroq harbiy kolonnalariga zarba beradi. Öşanda yuzlab harbiy texnikalar yöq qilingan.

«Ölim şossesi» zamonaviy aviatsiya kuç-qudratining timsoliga aylandi. Suratda: Amerika aviatsiyasining işi natijaslari. 1991 yil Foto: Getty Images

Söngra NATOning Yugoslaviya va Liviyadagi havo kampaniyalari, Rossiyaning Suriyadagi operatsiyasi röy berdi — sönggi ön yilliklardagi uruşlar harbiy aviatsiya obrazini mustahkamlab bordi, u garçi har qanday mojaroning oqibatini hal qilmasa-da, ğalabani yaqinlaştiruvçi bölib tuyula boşladi.

Rossiyaning Ukrainaga bosqini bu obrazga kölanka taşlagan birinçi uruş böldi.

Ukrainaga Rossiyaning keng miqyosda bosqin uyuştirganidan bir yil ötib bu uruş tomonlarning heç biri havo operatsiyasini rejalaştirib, uyuştira olmaydigan qarama-qarşilikka aylandi. Rossiya va Ukraina samolyotlar va vertolyotlardan front çiziğiga yaqinlaşmasdan, faqat uzoqdan turib taktik darajada quruqlikdagi qöşinlarni qöllab-quvvatlaşda foydalanmoqda.

Ukraina havo kuçlari bilan boğliq holatda bu harbiy samolyotlar, tajribali uçuvçilar va yer ustidagi personal yetişmasligi bilan tuşuntiriladi. Lekin, ajablanarlisi, son va sifat jihatdan ustunlikka ega bölgan Rossiya harbiy kosmik kuçlari ham tölaqonli havo operatsiyasi ötkazişga qodir bölmayapti, deb yozadi BBC.