Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati, Baxmal tumani hududida yaşovçi arxitektor öz joniga qasd qilgani haqida xabar tarqaldi. Samarqand viloyat prokuraturasi xabar yuzasidan munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinişiça, Baxmal tuman quriliş bölimi boşliği, boş arxitektor Ş.B. öz joniga qasd qilgan.
Holat yuzasidan 2023 yil 13 mart kuni Jinoyat kodeksining 103-moddasi 1-qismi (Özini özi öldiriş darajasiga yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Samarqand viloyati prokuraturasi matbuot kotibining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, xolislikni ta’minlaş maqsadida mazkur jinoyat işi yuzasidan tergov ötkaziş Samarqand viloyat prokuraturasiga topşirilgan.
Hozirda viloyat prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qayd etilişiça, marhumning ölim sababini aniqlaş maqsadida sud-tibbiy ekspertiza tekşiruvi tayinlangan. Şuningdek, holat yuzasidan tegişli idoralarga xizmat tekşiruvlari tayinlangan.
















